Saralash degan satrda sichqoncha tugmasi bosilsa, biror maydondagi ma`lumotlar saralanadi. Zapros blankida Usloviya otbora (tanlash sharti) satri mavjud bo’lib, unda natijaviy jadvalni koniktiradigan shart alomati joylashgan bo’ladi.
Ba`zan foydalanuvchi ma`lumotlar bazasidan muayyan parametrlar bo’yicha ma`lumotlarga muxtoj bo’lib qoladi. Ana shunday vaziyatlarda Zapros ni parametrlar bo’yicha tashkil qilish lozim bo’lib qoladi. Shunday maqsad quyilganda, SQL tilining maxsus buyrug’i LIKE[…] buyrug’i orqali Zapros ni tashkil qilish mumkin. Kvadrat kavs ichida foydalanuvchi uchun ixtiyoriy matn kiritish muljallangan. Masalan, LIKE [kitobning muallifi]. Ushbu buyruq`ni uslovie otbora (tanlash sharti) yozilgan satrga joylashtirish lozim. Zapros ishga tushirilgach, muloqot oynasi ochilib, foydalanuvchi uchun parametr kiritish imkoni paydo bo’ladi.
4-rasm. Konstruktor rejimida so’rov tashkil etish oynasi.
5-rasm. Parametrli so’rov tashkil etish oynasi.
6-rasm. Parametrli so’rovi qiymatini kiritish oynasi.
2.6. Forma, Yozuvlar va Hisobotlar tashkil qilish Jadvalga ma`lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bo’lgan elektron blank, forma deb ataladi. Forma tashkil qilish MB oynasining Forma bo’limida Sozdat’ tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.
Ekranda hosil bo’lgan muloqot oynasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Konstruktor – mustaqil ravishda yangi forma tuzish;
Master form – tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish;
Avtoforma: V stolbets (ustun ko’rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish;
Avtoforma: lentochnaya(lentasimon) – maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashtirilgan holda formalar tuzish;