MUNDARIJANING ASOSIY QISMLARI UMUMIY KONSEPSIYA VA METODOLOGIK SAVOLLAR Yorug‘likning tabiati, yorug‘lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug‘lik bilan moddalarning o‘zaro ta’siri, jumladan, yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ham doimo fiziklarning diqqat markazida bo‘lgan. Yorug‘likning nurlanish jarayoni, har xil muhitlarda tarqalishi va yorug‘likning moddalar bilan ta’sir jarayonlari fizikaning optika bo‘limida o‘rganiladi. Optikaning rivojlanishi bilan fizikada spektroskopiya yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Spektroskopiya elektromagnit nurlanishning hamda akustik to‘lqinlarning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lib, spektroskopik usullardan bu o‘zaro ta’sirlarning xususiyatlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Bu fanning vazifasi moddaning tuzilishi, tarkibi va xossalarini ularning spektrlari orqali aniqlashdir.
Optika mutaxassisligi bo‘yicha umumiy kontseptsiyalari va metodik masalalarini, uning shakllanishi va rivojlanish tarixi, optika va kvant fizikasining asosiy boʼlimlarini chuqur tushunish hamda tadqiqot va amaliy muammolarni hal qilish uchun oʼz bilimlarini qoʼllash qobiliyatini bilishi kerak.