Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Tayanch iboralar: Daryolar, suv omborlar, to‗yinishi, muzlashi, loyqa 
oqizishi, Daryolari, Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron.
V.L.Shulsning (1949, 1965 yil) ma‘lumoti bo‗yicha O‗rta Osiyo 
hududining 40 foizi yiliga 100 mm dan kam yog‗in tushadi. Cho‗l va chalacho‗l 
zonalarida yillik yog‗in-sochin miqdori 80-250 mm dan oshmaydi. Tog‗li 
rayonlarda o‗rtacha yillik yog‗ingarchilik miqdori taxminan 600 mm. Ammo, 
ma‘lum rayonlarga tushadigan namgarchilikning aniq miqdori orografik, 
ekspozitsion shartlarga bog‗liq holda turlichadir. Masalan, Zarafshon, 
Fedchenko muzliklarida tushadigan yog‗in miqdori 1000-1500 mm, xuddi shu 
vaqtning o‗zida sharqiy Pomirning Qorakul rayonida esa, yillik yog‗ingarchilik 
miqdori 40 mm dan oshmaydi.
O‗rta Osiyoning tog‗li qismida har holda tekislik qismiga nisbatan ko‗p 
yog‗ingarchilik, kam bug‗lanish va yillik o‗rtacha havo haroratining pastligi 
qishda to‗plangan yog‗in-sochinning to‗liq erib ketishdan saqlab, yozda qor 
(firn) va muzlik shaklida saqlanib qolishiga imkon beradi. Tog‗ muzliklari 
ulardan yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan tekisliklarning tabiatiga va 
xo‗jaligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Muzliklarining erishi natijasida daryo suvlarining 
ko‗payishi yoz faslida, ya‘ni suvga talab ko‗p vaqtda kuzatiladi. Shuning uchun 
ham muzliklar – tabiiy suv ta‘minoti manbasi rolini o‗ynaydi. Yirik glyatsiolog 
(muzshunos) olimlar G.A.Avsyuk, V.M.Kotlyakov va boshqalarning fikricha
O‗rta Osiyo kichik daryolari oziqlanishining 60% i tog‗ muzliklariga to‗g‗ri 
keladi. O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarining mavjudligi noyob tabiiy-geografik 
hodisa bo‗lib qadimdan olimlar diqqatini o‗ziga jalb qilib kelgan. Birinchi 
bo‗lib Tyanshan tog‗laridagi muzliklarni P.P.Semyonov o‗rgangan. 1895 yilda 
Rossiya geografiya jamiyati qoshida muzliklarni o‗rganish komissiyasi tuziladi. 
Unga komissiyaning raisi etib I.V.Mushketov tayinlanadi. 1897 yilda Rossiya 
geografiya jamiyatining Turkiston bo‗limi tashkil etiladi. O‗sha vaqtdan buyon 
muzliklarni to‗la ravishda o‗rganish boshlangan. 
O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarini 1924 yilda birinchi N.L.Korjenovskiy 
o‗rganib chiqib, Pomir, Talas Olotov va Oloy tizmasidan tashqari – 8987 km
2


40 
ekanligini aniqlagan. U 1930 yilda O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarining katologini 
tuzib, muzliklar soni – 1223 ta ekanligini aniqlagan edi. 1937 yilda 
S.V.Kolesnik Sobiq SSSRning tog‗li rayonlari muzliklarining ma‘lumotlarini 
umumlashtirib, N.L.Korjenevskiy ma‘lumotlariga qo‗shimchalar kiritdi va 
O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarining umumiy maydoni 11 ming km
2
ekanligini 
aniqladi. Pomir tog‗laridagi muzliklarning katologi tuzilganda (Zabirov, 1955) 
faqat Pomirning o‗zida uzunligi 1,5 km dan katta bo‗lgan 1085 ta muzliklar 
borligi aniqlandi. 
1960 yillarning oxiriga kelib, O‗rta Osiyo tog‗laridagi yirik muzliklarning 
soni 2500 dan ortiq degan xulosaga kelinib, ularning umumiy maydoni 16 ming 
km
2
deb aniqlik kiritildi. Ana shu ma‘lumotlar asosida, Pomir umumiy 
maydonining 11% i, Tyanshan tog‗lari umumiy maydonining 5% i muzliklar 
bilan qoplanganligi aniqlangan edi. Ikkinchi jadvalda O‗rta Osiyo tog‗ 
tizmalarida muzliklar maydonining tog‗ tizmalarida joylashishi berilgan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin