Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Mavzu yuzasidan foydalaniladigan interfaol usullar va amaliy topshiriqlar ishlanmasi



Yüklə 324,65 Kb.
səhifə17/20
tarix13.04.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#97529
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Amir Temur 222

2.2. Mavzu yuzasidan foydalaniladigan interfaol usullar va amaliy topshiriqlar ishlanmasi



Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.



An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli - tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun o‘quv mashg‘uloti oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishi, o‘rganilayotgan o‘quv materialining mazmuniga mos ravishda metod va vositalarni tanlash orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ta’lim oluvchilarni o‘zlashtirish darajasi, amaliy ko‘nikma va malakalarini interfaol yoki interaktiv ta’lim metodlari orqali rivojlantirish mumkin.
Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim - tarbiya jarayonida talaba - talaba, talaba - o‘qituvchi hamkorligida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladigan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Interfaol ta’lim metodlari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish - o‘rganish;

  • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

  • ilgari o‘zlashtirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

  • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

  • amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

  • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Quyida o‘quv mashg‘ulotlarda keng qo‘llaniladigan interfaol ta’lim metodlarining mazmuni va foydalanish bosqichlari bilan tanishamiz.
Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi.

Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.


Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin