Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 494,37 Kb.
səhifə3/17
tarix07.01.2024
ölçüsü494,37 Kb.
#208692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Amaliyot dasturi

2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Talabalar malakaviy amaliyoti bakalavrlarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – bitiruvchini bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash hisoblanadi.
5230100 «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 kurs ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda talabalarning sanoat korxonalarining iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil qilish va boshqarishga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
5230100 «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-kurs talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti davrida korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.
Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Talabalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

  2. Xo‘jalik yurituvchi subyektda o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rgatish.

3. Amaliyot obyekti va boshqa subyektlar o‘rtasidagi hujjatlar aylanishini
o‘rgatish.

  1. Amaliyot obyektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgatish.

  2. Amaliyot obyektida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rgatish.

  3. Amaliyot obyekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish.

  4. Ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash.

  5. Bitiruv malakaviy ishini yozish hamda ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun kerakli materiallar to‘plash.

  6. Tahlil qilish va o‘z fikrini bildirish maqsadida 3 yillik korxonaning statistik ma’lumotlarini to‘plash.




Yüklə 494,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin