Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə9/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193
Birinchi omil ‒ yuksak darajada tarraqqiy etgan demokratik davlatlarning o‘zini har tomonlama oqlagan tajribalarini qiyosiy tahlil etgan holda, ijobiy jihatlarini belgilash va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini ishlab chiqish.
Ikkinchi omil qadimiy tarix, milliy qadriyatlarimizga rioya etgan holda ijtimoiy ishning “milliy modeli”ni yaratish.
Ikkinchi omil doirasida bajaradigan vazifalar majmuaviy mazmun kasb etib, nazariy va empirik jihatlari bilan ajarlib turadi. Aynan, nazariy modelni yaratilishi evaziga ijtimoiy ish xodimining professiogrammasi, ijtimoiy ish doirasida bajaradigan vazifalar va ularni bajarish mezonlari, ijtimoiy ishni bajarishda hamkorlik omili, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi amaliy masalalar o‘z yechimini topishi mumkin.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy ishning kasb sifatida shakllanishidan insoniyat, jamiyat va davlat manfaatdordir. Shu boisdan ham ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning kasbiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy o‘rganish ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etadi. Shu bois ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi xodim quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin bo‘lgan bir qator kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:
- shaxsiy sifatlarga (SHS);
- umumkasbiy kompetensiyalarga (UK);
- kasbiy kompetensiyalarga (KK) – bular ijtimoiy texnik, tadqiqiy, ijtimoiy loyihalashtirish va boshqalar;
- kasbiy-amaliy kompetensiyalarga (KAK) – ijtimoiy texnik, tadqiqiy, tashkiliy-boshqaruvchanlik, ijtimoiy loyihalashtirish.
Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari fanining turlicha nazariyalarini o‘rganish;
- ijtimoiy ish xodimlari amal qiladigan axloqiy qoidalarning milliy xususiyatlarini tadqiq etish;
- ijtimoiy ish xodimlari amal qiladigan axloqiy-etik kodekslari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish;
- ijtimoiy ish sohasida faoliyat yuritadigan xodim faoliyatining asosiy vazifalari va funksiyalarini aniqlash;
- ijtimoiy ish xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash;
- ijtimoiy ish xodimining ma’naviy-axloqiy qiyofasini tadqiq etish;
- Ijtimoiy ish sohasida kasbiy faoliyat olib boruvchi ijtimoiy ish xodimlarining axloqiy-etik faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi davrda ijtimoiy ish xodimlari faoliyati jarayonida amal qilishi lozim bo‘lgan axloqiy prinsiplar va tamoyillar mohiyatini bilishi, shu bilan birgalikda ularda ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bilimlarni berish ushbu fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Ijtimoiy ish etikasi bo‘yicha G‘arb mamlakatlarida, jumladan, Fransiya, Germaniya va Italiya singari davlatlar katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lib, e’tiborli jihati sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin