Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə8/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193
3. Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining
asosiy maqsad va vazifalari
Ma’lumki, ijtimoiy ish kichik tizimlari va elementlari tuzilmasi tizimni barqarorlik, sifatli aniqlik nuqtayi nazaridan tavsiflaydi. Shubhasiz, bu muhim, ammo yetarli tavsif emas. Shuning uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyati aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, ijtimoiy ish faoliyatining turli subyektlari vazifalarini tahlil qilish va ijtimoiy xizmatlarga umumiy holda ishlash tamoyillarini anglash orqali ochib beriladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan ijtimoiy ish vazifalari ikki guruhga ajratiladi:
birinchi guruh – ijtimoiy ish mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar (profilaktik, ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy patronaj);
ikkinchi guruh – ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-insonparvarlik, ijtimoiy-insonparvarlik).
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha kichik tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Bunda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida namoyon buladi.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatorlarini tadqiq etishni taqozo etadiki, ushbu holat ijtimoiy xizmatlar tizimi alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy faoliyat nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.
Ijtimoiy ish xususiyatlari ularning maqsadga yo‘naltirilganligi, faoliyat yuritish sohasi va, albatta, ijtimoiy xizmatlar mijozlar kontingentlariga qarab farqlanishi mumkin.
Demak, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy xizmat turlari, tashkiliy shakllari, jarayonlar, ularning subyektlari va obyektlarini o‘z ichiga oladi. Bunda ijtimoiy ish mezonlarini inobatga olish lozim. Ularni asosini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ijtimoiy xizmatlar murakkabligi va davomiyligi darajasi, ularning aholining turli kategoriyalari ijtimoiy ehtiyojlari va hojatlarini qondirish darajasiga;
2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni boshqarish nuqtayi nazaridan ijtimoiy xizmat-larning rivojlanganlik darajasi, ularning avtonomligi, boshqaruvchanligi, o‘zini o‘zi boshqarishi hamda turli hududlarda o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchanligi kabi indikatorlardan foydalanish darajasiga;
3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kichik tizimlari iyerarxiyaviy pog‘onalari bo‘yicha subyektlariga, ya’ni davlat hokimiyat organlari, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy xizmatlarga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha turli vazirlik va idoralar rasmiy hujjatlari va materiallari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ularning tahlili ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish va rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvning ikkita xususiyati borligini ko‘rsatib beradi. Birinchisi, aholining alohida kategoriyalari, yoshlar, bolalar, ayollar, oilalarga ijtimoiy xizmatlar (muassasalar) tarmog‘ini shakllantirish kerakligini asoslab berish bo‘yicha urinishlar bilan ifodalangan; ikkinchisi – ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat, munitsipal, jamoat va xususiy korxonalardan iborat ijtimoiy xizmat ko‘rsatish hududiy tizimlarini shakllantirish zaruratini asoslab berish, qaysi idoraning tasarrufida bo‘lganligidan qat’iy nazar, barcha ijtimoiy xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solishni nazarda tutadi.
Agarda, ijtimoiy ishni kasb sifatida idrok etsak41, bunda quyidagi madaniy omillar mavjudligini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim:
- ijtimoiy ish etikasining maqsadi;
- ijtimoiy ish etikasining amal qilish sathi;
- ijtimoiy ish etikasining turlari;
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositalari (instrumentlari);
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniyati;
- ijtimoiy xizmatdan foydalanish madaniyati;
- ijtimoiy ish etikasi mezoni va tamoyillari;
- ijtimoiy ish etikasining huquqiy asosi;
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bosqichlari va b.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyat hayotining modernizatsiyalashuvi sharoitlarida xizmat ko‘rsatish faoliyat paradigmalarini belgilab olishni taqozo etadi. Chunki, jahon mamlakatlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bir xil emas. Buning sababi ijtimoiy, madaniy, etnik, diniy, moliyaviy, siyosiy va boshqa shu kabi omillardir. O‘rganilgan manbalar asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning diqqatga loyiq quyidagi modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: AQSh; Yevropa (G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlariga taalluqli); Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlar; Yaqin Sharq; Osiyo; Osiyo-Tinch okean mamlakatlari hamda diniy modellari.
Modellar turli-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy kabi omillar asosida vujudga kelgan bo‘lsada, ularni birlashtiruvchi doktrina ‒ “Insonlarga amaliy yordam ko‘rsatish” hisoblanadi. Shu ma’noda R.Barker ijtimoiy ishni “boshqa odamlarga qaram bo‘lib qolgan, o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila olmaydiganlarning me’yoriy rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida aniq faoliyatni bajarishdir42”, ‒ deya ta’riflaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ishning faoliyat sifatida institutlashuvi turli mintaqalarda diniy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy omillarning ta’siri asosida shakllangan. Jumladan:
Iqtisodiy omillar – agar mintaqada xalq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanmasa, ijtimoiy yordamga muhtojlarning soni oshib boradi, ya’ni aholi o‘zi va oilasining hayotini ta’minlash maqsadida turli yo‘llar bilan ijtimoiy yordam olishga intiladi. Aksincha, rivojlansa, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniylashadi, ya’ni farovonlik darajasining yuqoriligiga doir ishlarga talab oshib boradi.
Ijtimoiy omillar ‒ agarda avlodlar orasida vorisiylik ta’minlanmasa, keksa avlodning jamiyatdagi roli pasayib borsa, maishiy va ijtimoiy yordam oluvchilarning soni oshib boradi. Aksincha, jamiyatda yoshlarning ko‘pchilikni tashkil etishi yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda maslahat va amaliy yordam olish sifatiga alohida talablarni oshiradi.
Madaniy omillar – agar aniq bir makonda iqtisodiy rivojlanish beqaror kechsa, milliy va diniy munosabatlarda hamjihatlik ta’minlanmagan bo‘lsa, o‘z hayot yo‘lini, milliy va madaniy mansubligini anglashda adashganlarning soni ortib boradi. Natijada ularga ma’naviy amaliy yordam ko‘rsatishga oid ijtimoiy buyurtma paydo bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda, shaxsiy ma’naviy kamolot yo‘lida amaliy yordam olish turli darajalarda o‘z aksini topadi. Bu yana boshqa bir ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojiga ta’sir ko‘rsatadi.
Siyosiy omillar ‒ turli xil ko‘rinishdagi nizo va ziddiyatlar vujudga kelsa, o‘sha makonda sog‘ligini yo‘qotgan nogironlar (ya’ni, nogironlikka ega shaxs) ish joyi va mol-mulkini, yashash joyini yo‘qotganlarning soni hamda yaqinlarni (boquvchilarini, farzandlarini) yo‘qotganlar soni ortib boradi. Bu esa ijtimoiy yordamga muhtojlar sonini ham ko‘paytiradi. Agarda siyosiy totuvlik va birdamlik hukm sursa, farovonlikni oshirishga yordam shakllari ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, har bir kasb o‘z tarixiga ega bo‘lib, uning Yüklə 1,06 Mb.
Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin