Kurs ishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Talaba kurs ishini tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo’lishi maqsadga muofiqdir ya ni titul varag’i, reja, kirish. asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi;
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini mukammal o’rganish;
Mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish hamda amaliy mashg’ulotlarda foydalanish;
Talabaning o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
Tavsiya etiladigan kurs ishlarning mavzularidan namunalar:
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida halq o’yinlarining rivojlanishi.
Akademik liseylarda harakatli o’yinlar darsi jarayonida «Aylanma trenirovka» metodidan foydalanish xususiyatlari.
Qizlar bilan jismoniy tarbiya darsida harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi.
Sinfdan tashqari o’tkaziladigan jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi (quvnoq startlar, estafetalar, sport bayramlari).
O’quvchilarni sportga tanlash usullari, metodlari va ular bilan mashg’ulot o’tkazish metodikasi.
Sport bayramlarini o’tkazishda milliy va harakatli o’yinlardan foydalanish metodikasi.
O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati.
O’quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatli o’yinlarni tanlash va o’tkazish metodikasi.
O’quv muassasalarida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarida harakatli o’yinlar vositasi sifatida.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida voleybol sportining rivojlanishi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida tennis sportining rivojlanishi.
Akademik litseylarda voleybol darsi jarayonida «Aylanma trenirovka» metodidan foydalanish xususiyatlari.
Qizlar bilan jismoniy tarbiya darsida basketbol o’yinini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi.
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi (futbol, voleybol, basketbol, qo’l to’pi to’garagi).
Voleybol sport to’garagiga o’quvchilarni tanlash usullari, metodlari va ular bilan mashg’ulot o’tkazish metodikasi.
Sport bayramlarini o’tkazishda sport o’yinlaridan foydalanish metodikasi.
O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda sport o’yinlarini ahamiyati.
O’quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mashqlarni tanlash va o’tkazish metodikasi.
Basketbolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish metodikasini takomillashtirish.
O’quv muassasalarida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarida basketbol o’yini vositasi sifatida.
Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash.
Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo’llaniladigan vosita va metodlarini takomillashtirish.