Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 14,39 Mb.
səhifə19/171
tarix30.09.2023
ölçüsü14,39 Mb.
#150618
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
0a1373d008667941c5a8834c18314eab SPORT VA HАRАKАTLI O’YINLАRNI O’QITISH MЕTОDIKАSI” (QO’L TO’PI)

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – jismoniy tarbiya darslarida sport o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazishga o‘rgatish, sport o‘yinlari basketbol,voleybol, qo‘l to‘pi o‘yinlarida hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o‘yinlarda qo‘llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o‘tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o‘rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘tkazish bo‘lajak mutaxassislarga talabalarda sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun atroflicha bilim berish, sport o‘yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi o‘yinlarida harakatlanish va to‘pni boshqarish texnikasi, hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o‘yinlarda qo‘llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o‘tkazish usullari va nizomlarini tuzishga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalash yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o‘rni va ahamiyatini bilishi; sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) ni kelib chiqishi va rivojlanish tarixi; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) ni O‘zbekistonda rivojlanishi; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) ni o‘yin texnikasi tasnifi; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) ni o‘yin taktikasi tasnifi; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) ni maydon o‘lchamlari, jihozlari va o‘yin qoidalarini o‘rgatish; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) bo‘yicha musobaqalar nizomini tuzish; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish usullari; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish qoidalari; sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) bo‘yicha hakamlik qilish haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
- basketbol o‘yinida holat va harakatlarga o‘rgatish; basketbol o‘yinida to‘pni olib yurish texnikasini o‘rgatish; basketbol o‘yinida to‘pni uzatish va qabul qilish texnikasini o‘rgatish haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- basketbol o‘yinida to‘pni yaqin va o‘rta masofalardan savatga tashlash texnikasini o‘rgatish; basketbol o‘yinida jarima to‘pni savatga tashlash texnikasini va o‘yin taktikasini o‘rgatish; basketbol o‘yinida uzoq masofadan to‘pni savatga tashlash texnikasini va o‘yin taktikasini o‘rgatish; basketbol o‘yinida harakatda uzoq masofadan to‘pni savatga tashlashni o‘rgatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
- voleybol o‘yinida holat va harakatlarga o‘rgatish; voleybol o‘yinida to‘g‘ri yiqilish texnikasini o‘rgatish; voleybol o‘yinida to‘pni yuqoridan uzatish va qabul qilish texnikasini o‘rgatish; voleybol o‘yinida to‘pni pastdan uzatish va qabul qilish texnikasini o‘rgatishni haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- voleybol o‘yinida to‘pni o‘yinga kiritish texnikasini o‘rgatish; voleybol o‘yinida sakrab to‘pga zarba berish texnikasini o‘rgatish; voleybol o‘yinida to‘siq qo‘yish usullarini o‘rgatish; voleybol o‘yinida himoya va hujumning texnik-taktik harakatlarini o‘rgatish; voleybol o‘yinida libero o‘yinchisining vazifalarini o‘rgatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
- qo‘l to‘pi o‘yinida holat va harakatlarga o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida to‘pni olib yurish texnikasini o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida to‘pni uzatish va qabul qilish texnikasini o‘rgatishni haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- qo‘l to‘pi o‘yinida to‘pni darvozaga uloqtirish texnikasini o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida jarima va erkin to‘plarni otishni o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida himoya va hujumning texnik-taktik harakatlarini o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida to‘pga to‘siq qo‘yish usullarini o‘rgatish; qo‘l to‘pi o‘yinida darvozabonni o‘yin texnikasini o‘rgatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 14,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin