Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix30.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#150530
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Mazkur fan asosan nazariy va amaliy xarakterga ega bo‘lib, hozirgi kundagi 
ko‘pgina amaliy dasturlarni vujudga kelishida ushbu fanning o‘rni muhim hisoblanadi. 
Bundan tashqari mazkur fan mexanika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashning o‘quv 
jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus 
fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida asosiy o‘rin egallaydi. 
Talabalar mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg’or va zamonaviy 
usullaridan foydalanish, yangi informatsion texnologiyalarni tadbiq etish muhim 
ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar 
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, ma’ruzalar o‘qish vaqtida kompter va 
proyektorlardan foydalaniladi. 
Robototexnika
kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. 
Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining 
barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni 
loyihalashtirayotganda ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi 
mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o‘qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
yondashishligini nazarda tutadi. 
Tizimli yondoshuv. 
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g’inlarni o‘zaro 
bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv: 
shaxsning 
jarayonli 
sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlantirish va intensivlashtirish, o‘quv 
jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyati, tashabbuskorligini ochishga 
yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin