Robototexnika fani matematika, fizika, geologiya va boshqa mexanika fanlari bilan
uzviy bog’langan. Robototexnika masalalari matematika metodlari bilan yechiladi, undan
keyin mexanik xulosa qilinadi. Fizika masalalari esa Robototexnikaning qonunlari,
prinsiplari, teoremalari va tenglamalari yordamida yechiladi. Robototexnika fanining
barcha masalalari yechimi uchun nazariy mexanika fani asos bo‘lib xizmat qiladi
.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
«Robototexnika» fani Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlashning o‘quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik va mexanik
tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishida muhim
o‘rin tutadi. Mazkur fan dasturiga ko‘ra ko‘pgina mexanik masalalar o‘rganiladiki, bu
mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir talaba olgan bilimlarini ishlab chiqarishda va ilmiy-
tadqiqot ishlarida, shuningdek ta’lim tizimida samarali foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: