Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix30.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#150530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
«Robototexnika» fani Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar 
tayyorlashning o‘quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik va 
mexanik tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega 
bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Mazkur fan dasturiga ko‘ra ko‘pgina mexanik 
masalalar o‘rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir talaba olgan 
bilimlarini ishlab chiqarishda va ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek ta’lim tizimida 
samarali foydalanish imkonini beradi. 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Mazkur fan asosan nazariy va amaliy xarakterga ega bo‘lib, hozirgi kundagi 
ko‘pgina amaliy dasturlarni vujudga kelishida ushbu fanning o‘rni muhim 
hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur fan mexanika yo‘nalishida mutaxassislar 
tayyorlashning o‘quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik 
tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida 
asosiy o‘rin egallaydi. 
Talabalar mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg’or va 
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion texnologiyalarni tadbiq etish 
muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 
ma’ruzalar matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, ma’ruzalar o‘qish 
vaqtida kompter va proyektorlardan foydalaniladi. 
Robototexnika
kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. 
Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu 
esa ta’limni loyihalashtirayotganda ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, 


avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o‘qitish maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondashishligini nazarda tutadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin