Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə176/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Nazorat savollari:
1. Deviatsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Deviatsiyaning qanday turlari mavjud?
3. Deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?
4. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlashning shaklarini tavsiflang


29-Mavzu. GIYOHVANDLIK- DIVEANT XULQ-ATVOR SHAKLI SIFATIDA
Reja

  1. Giyohvandlik muammosi.

  2. Narkotik moddalarning turlari va tasnifi.

  3. O`smirlar giyohvandligining sabablari va oqibatlari.

  4. Bolalarda giyohvandlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy pedagogning yordam berish shakllari.



Giyohvandlik tushunchasi. “ Giyohvandlik” deganda, eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoqtushuniladi. Eyforiya \aqiqiy ahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishidir. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alo\ida shaxsga, balki jamiyatga ham zarar keltiradi.
Ijtimoiy tibbiy sohada giyohvand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud:
1) giyovhand moddalarni iste’mol qilishni o‘z ixtiyori bilan chek quyishi mumkin bulgan holat,
2) shu ishni qilishga qurbi etmaydigan holat. Giyohvandlikni ijtimoiy pedagogik yo‘nalishda o‘rganish,
uni giyohvandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlash mumkin. Bu tobelik bolani jismoniy va ru\iy qolsizlanishga hamda ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib keladi.
Giyovhdnddikning turlaridan biri taksikomaniya xisoblanadi. Taksokomaniyada giyovhand modda o‘rniga, organizmga benzin, kerosin, bo‘yokushr kabi maishiy kimyo vositalar qidpanadi.
Taksokomanlar, odatda, 13— 14 yoshli o‘smirlar bo‘lib, ular o‘z organizmlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksokomaniyaning xavfi shundaki, bolalar organizm za\arlanyshi natijasida nobud bo‘lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksokoman tirik qolgan takdirda ham, uning organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar — nogironlik, ak^i norasolikka olib keladi.
Giyohvanddik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko‘ra jiddiy muammo hisoblanadi:
1) o‘smir yoshidagi giyohvandlarning ommaviy ko‘payishi;
2) qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi narkotik modsalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi;
3) giyohvand bolalar va o‘smirlar ijtimoiy maqomining o‘zgarishi.
Noxush oilalarda voyaga etgan farzandlar bilan bir qatorda, hozirgi kunda giyohvand bolalar va o‘smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to‘lib bormokda. Bu oilalardagi o‘smirlarning moliyaviy erkinligi axloqiy me’yorlari yuqori bulmagan alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib kelib, ularda etakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o‘tkazish bajaradi. Giyohvand moddalar esa muayyan \ayot tarzining xususiyati hisoblanadi.
Bugungi kunda, garchi bir dozasi uchun yuqori narx belgilansa-da, kokoin, geroin, “ ekstazi” tabletkalari kabi giyohvand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug‘dirmoqda. Birinchi iste’mol qilish bosqichi “ yarim giyo\vandlik” bosqichiga aylanib, unda o‘smir turli narkotik moddalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan o‘smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu erda og‘ishgan xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. CHunki kerakli narkotik turi tanlangach, giyohvandning avval ruhiy, so‘ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.
O‘smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to‘xtab o‘tilgan edi. O‘smir gurux^ar o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, ularga kattalarning g‘amxo‘rligiga qarshi chiqish hamda tengdoshlar bilan guru\larga birlashish kabi xulq-atvor reaksiyalari hos.
O‘smirning giyohvandlik xulq-atvori asosida uning shaxs tavsifi ko‘rsatkichlari hamda ruhiy va jismoniy og‘ishish sabablari yotadi Uning shaxsiyatiga esa quyidagi turli omillar ta’sir qiladi:
a) biologik omillar: kasallik, charchoq munosabati bilan giyohvand moddalar qabul qilish;
b) ruhiy: eyforiya qolatini boshdan kechirishga qiziqish, o‘zini namoyon qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo‘odigi, ruhiyatning buzilishi;
v) ijtimoiy: tengdoshlar guru^lari, modaning ta’siri;
d) ijtimoiy madaniy va submadaniyatning ta’siri: ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning ajralmas bo‘lagi deb hisoblashadi;
e) yoshlarning giyohvanddashuv muammolarini uzoq vaqg oshkor qilmasliklari;
j) narkotiklarga etishish mumkinligi.
YOshlar giyohvandigi bilan shug‘ullanayotgan pedagoglar va olimlar o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o‘z nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi, ular qaysi omillarni eng muhim, deb hisoblashlariga ko‘ra aniklanadi.
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G A.ichko, E. I. Bextel, A. N. Mayurov, S. N. SHeverdin, F. G. Uglov, A. A. Gabiani, A. I. Durandina, J. di Jennaro va boshqalar) ijtimoiy-madaniy omilni yaqqol ajratib, o‘smir spirtli ichimlik, giyohvand moddalarni iste’mol kdlishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati, deb hisoblashadi. Demak, informatsion va psixologik tomonlardan, o‘quvchilarni spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi qurollantirishimiz lozim.
Ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D. V. Kolesov, V. Guldman, M. Raytenberg, A. F. Boyko, B. S. Bratus va P. I. Sidirov) bolalar va o‘smirlarning giyohvand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o‘smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi, deb hisoblashadi. Bu nazariya tarafdorlari, muammoning echimi o‘quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda, deb ko‘rsatishadi.
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug‘iladi: voyaga etmaganlarning giyohvand bo‘lib qolishlariga nima sabab bo‘lmokda? Bunda \ammasi muayyan bir shaxsga bog‘liqmi?
Giyohvandlikning nafaqat o‘zi, balki shaxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.Giyohvandlik okdbatlari uch turga ajratiladi: biologik, ijtimoiy-psixologik va jinoiy.
Biologik okdbatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko‘rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo‘lishi kiradi.
Ijtimoiy-psixologik oqibatlarni bolaning axloqiy defadatsiyasi deb tavsiflash mumkin. Unda avval giyohvand modda iste’mol qilishdan boshqa qizikdshlari va ehgiyojlari pasayadi, so‘ngra bu e\tiyojlar umuman yo‘qbo‘lib ketadi. Bolaning giyohvand moddaga qiziqishi butun hayotiningo‘rnini bosadi. Atrof-muhit giyo\vand tomonidan giyohvand moddalarni topishni va iste’mol qilishni ogirlashtiruvchi va engillashtiruvchi nuqgai nazardan
baholana boshlaydi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyohvand dustlaridan ajraladi, o‘qishni xoxlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyohvand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lib qoladi.
Giyovhandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiy-psixologik oqibatlar bilan izoxlanadi. Bu o‘zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko‘rinishga ega. Giyohvand uz qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o‘qishni yoki ishini tashlashi kerak. CHunki uning vaqti faqat giyohvand moddalar izlash bilan o‘tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag‘ etishmaganligidan, giyohvand ularni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritish imkoniyatlarini izlaydi (o‘g‘rilik, talon-taroj orqali). Pul yo‘q bo‘lgan qollarda, giyoqvand o‘z maqsadiga etishish uchun har narsaga, xaggo qotillikka ham tayyor bo‘ladi.
Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo‘lga kiritish, sakdash yoki sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni etishtirish, ularni iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil qilish bilan bog‘liq jinoyatlar ma’lum guru\larga mansubdir.
Narkotik moddalarni iste’mol qiluvchi o‘smirlarni aniklash muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Bu bolalarni davolash bilan bevosita tibbiy-narkologik xizmat xodimlari shug‘ullanadilar, ijtimoiy pedagogning maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya profilakgikasidir.
Milliy va xorij pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini o‘rganish natijasida yosh avlodning giyohvandlikka qarshi tarbiyasi masalasida ikki asosiy tendensiya mavjudligi ma’lum bo‘ldi: axborot-faoliyat yondashuvi (milliy adabiyotlarda) va informatsion-emotsianal yondashuv (xorij amaliyotida).
Axborot-faoliyat yondashuvi tarbiyalanuvchining o‘zini giyohvandlikka qarshi faoliyatga jalb qilish orqali giyoxrandlikka qarshi kurashishni nazarda tutadi (A.. N. YAkushev. K. R. Ismagilov).
Informatsion-emotsianal yondashuvda axborot bilan bir qatorda, ijtimoiy-psixologik treningga ham katta e’tibor qaratiladi.
Xorij giyohvandlikka qarshi tarbiyasida faol metodlarga etakchi rol topshirilib, ularning o‘ziga xos xususiyati faoliyat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilganlikdir. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy pedagog maktab o‘quvchilari bilan birgalikda giyohvandlikka qarshi dasturni ishlab chiqayotganida faol metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday zamonaviy metodlarga giyohvandlikka qarshi treninglar, o‘yinlar kiradi.
Falsafa, sotsiologiya va pedagogikada o‘yin shaxs ijtimoiy individualligini shakllantirish usuli hisoblanadi. O‘yin nazariyachilari, bolalar va o‘smirlar yoshidagi o‘yin qayotga tayyorgarlik usullaridan biri, deb hisoblanishini tan olishgan. Uning faoliyati boshqalar tajribasini o‘zida sinab ko‘rishning tayyor modeli hisoblanib, shaxsning akush va hissiyotiga ta’sir qiladi.
Uzoq muddatli o‘yinlar rolli o‘yinlarning maxsus turi hisoblanib, uning asosiy xususiyatlari ommaviylik, muddatining uzunligi, o‘yinning real haqiqatlar bilan bog‘lanib ketishidir. Uzoq muddatli o‘yin darsdan tashqari tadbir sifatida o‘tkazilib, giyohvandlikka qarshi xulq-atvor, munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Bu o‘yinni o‘tkazishda ijtimoiy pedagogning vazifasi rollarni tarbiyaviy samaradorligini yuqori darajada ta’minlaydigan qilib taqsimlashdir. Xususan, pedagog yoki pedagoglar guruhi o‘yinda qatnashadilar, yuqori sinf o‘quvchilari esa pedagoglar va o‘smirlar o‘rtasida vositachi bo‘ladilar.
Ijtimoiy pedagog maktab ta’lim-tarbiyasining turli yo‘nalishlariga moslab o‘yinni tashkillashtiradi. Ona tili va adabiyoti, tarix, davlat va huquq asoslari, kimyo, biologiya darslarida o‘quvchilar insho, bayon, diktant yozishadi, giyohvandpikka qarshi kurash mavzusida nutq vareferatlar bilan chiqish qilishadi.
Sinfdan tashqari faoliyatlarida ular giyohvandpikka qarshi qaratilgan devoriy gazetalar, rasmlartayyorlashadi. SHuningdek, intervyu metodi ham qo‘llanilib, u nafaqat giyohvand shaxslardan, balki ularning oila a’zolari, qo‘shnilaridan ham olinadi. Sinfdan tashqari faoliyatda ijtimoiy pedagog o‘smirlarga mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi, ijtimoiy, tibbiy-narkologik muassasalar bilan aloqalar o‘rnatishga yordam beradi.
Barcha materiallar pedagog-tashkilotchida tuplanadi va uzoq muddatli o‘yinni yakunlaydigan teatrli sahna ko‘rinishida ishlatiladi. Uzoq muddatli o‘yin o‘quvchilarning giyohvandpikka qarshi faoliyati bilan ham bog‘liq buladi. Unda o‘quvchilar mustaqil ravishda giyohvandlikka qarshi adabiyotlarni o‘rganishadi, referat va ma’ruzalar tayyorlashadi, reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyohvandlik holatini o‘rganish bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishadi



Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin