Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə174/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH.
Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramog’isiz bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojida katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiyxislatlarning shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular ota-ona mehri sharoitida, oila bolaga o’zi va boshqalar uchun mas’ul bo’lish, birovga kerakligini sezish sharoitida shakllanadi. Ota-onasini yo’qotgan bola bu haqiqatdan ham fojeali olamdir.
Ota-onaga ega bo’lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri. Ijtimoiy yyetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi. Yetimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug’ullanayotgan ko’p aspketli muammodir. Biroq asosiy 3 ta sababni ajratib ko’rsatsak bo’ladi: 1. Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z voyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan 2. Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish 3. Ota-onalarning vafoti. “Yetim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. yyetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy yyetim-biologik ota-onaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar.
Bu holatda unga g’amxo’rlik qilishni davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi. SHunday qilib ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onalari: -vafot etgan; -ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan; -bedarak yo’qolgan; -muomalaga layoqatsiz; -axloq tuzatish koloniyalarida jazo o’tayotgan; -jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo’lgan; -bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan; -bola vaqtincha joylashtirilgan shifo, ijtimoiy maskanlardan uni olib ketmayotgan bolalar kiradi. 231 Ularni boqish, ta’lim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud. Vasiy deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo’riqlovchi shaxs tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshiriladi-bolalaikka olish yoki davlat qaramog’iga topshirish. Davlat qaramog’iga olishi-bolalikka olinmagan yyetim-bolaga uni maxsus muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish. Bola vaqtinchalik qabul qiluvchi oila, bolalar va go’daklar uyi, maktab-internetga joylashtirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalikka olingan bola turli xildagi qabul qiluvchi oilalarga-bolalikka oluvchi oila yoki vasiyat oilaga borib qolishi mumkin. Ular o’rtasidagi farq shuki birinchi holatda bolani qarindoshlari topib olishadi, ikkinchisida, oila vazifasini bolaga qarindoshlik aloqalari bo’lmagan shaxslar bajaradi. Vasiy oila sud qarori asosida aniqlanadi. Vasiy vazifalariga bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uni huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola egaligida bo’lgan ko’char va ko’chmas mulklardan foydalanish va ularni saqlab qolishni ta’minlaydi. Biroq o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bolalikka oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi hisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi mumkin. U oila unga boshqa ism ham berishi mumkin. Bolalikka olingan bolaning barcha huquq va majburiyatlari o’z bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.
Bolalikka olish bir nechta bosqichda o’tishi mumkin: avval bolaga shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilishadi, agar buning imkoni topilmasa unda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidirishadi. Bolalikka oluvchi oilaning yana bir turi mavjud: -vaqtinchalik qabul oilasi. Bu bizning jamiyatimiz uchun yangi hodisadir. Bunaqa oila bola shoshilinch tarzda oilasidan judo qilinsa (turli sabablar asosida; o’z oilasida inqirozli vaziyat, o’lim va boshqalar) zarur bo’lib qoladi. Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila bolalikni himoya qilish shakllaridan biri sifatida bir qator rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Biroq bizning davlatda bunday oila keng tarqalmadi. Bu bizning davlatda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohatlar Yetimlarga vasiylik qilish Bolalikka olish Qabul qiluvchi oila Vasiylik oilasi Bolalikka oluvchi oila Davlat qaramog`iga olish Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila Bolalar uyi Go`daklar uyi Maktab intеrnat bilan bog’liq.
Aholining turmush darajasi yetarli darajada yuqori emas. Shuning uchun kamdan-kam holatlarda oilalar o’zlariga bu vazifani olishadi. Qabul qiluvchi ota-ona bolali oilalar, bolasiz oilalar, to’liqsiz oilalar, yakka shaxslar bo’lishi mumkin. Odamlarni bolani o’z oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud. Ular: -fiziologik sabablarga ko’ra o’z bolasi bo’lmagan holatda bolali bo’lish xohishi; -o’z bolasining vafot etishi; -yaqin qarindoshlarining vafot etishi; -o’z bolalari ulg’aygach yana bolali bo’lish xohishi; -jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi; -yolg’izlik hissi; -diniy sabab va boshqalar. Vaqtinchalik qabul oilasi professional mutaxassislar oilasi bo’lgani bilan vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlasak bo’ladi; bunday oilaning psixologik-pedagogik tayyorligiga mos tushuvchi malakaning mavjudligi, bu oila xizmatlariga haq to’lanishi; bolaning oilada bo’lish vaqti qabul qiluvchi ota-onaning ish staji muddati hisoblanishi va boshqalar. Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri xal bo’lgunga qadar yashaydi: o’z oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki boshqa muassasaga yuborilishi.
Bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi bola oiladan ajratib olingan sabablarning bartaraf etilishini ko’zda tutadi. Bular ota-onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va boshqalar. Bolaning bu oilada bo’lish bir oydan bir necha yilgacha cho’zilishi mumkin. Bolaning qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli bo’lish o’z oilasida inqirozli holatda, to’satdan ota-onasidan judo bo’lganda bolaga shoshilinch yordam ko’rsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi oilada uzoq muddat bo’lishi bola o’z oilasining uzoq reabilitatsiya jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin. Vaqtinchalik qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini (ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar, g’amxo’rlik yaratilishi lozim. Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin vaziyat bilan bog’liq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday oilaning asosiy maqsadi-biologik ota-onalar bilan aloqalarni ushlab turish va bolani o’z oilasiga qaytarib berish. Agar bolani o’z oilasiga qaytarishning imkoniyati bo’lmasa unda uning keyingi taqdiri borasida sud qarori chiqmaguncha vaqtinchalik qabul oilasida bo’lib turadi. Aslida bunday oila biologik oilada biror-bir inqirozli vaziyat yuzaga kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi. Qabul qiluvchi oila institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni tanlab olish, ularni bu faoliyatga tayyorlashning effektiv mexanizmini ta’minlaydigan normativhuquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi. Qabul qiluvchi oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator umumiy qoidalarni ajratsak bo’ladi. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga ajratsak bo’ladi: oilalarni tanlash, ota-onalarni o’qitish, bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bo’yicha faoliyatlarining patronajini o’tkazish va boshqalar. SHuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa mutaxassislar- ijtimoiy ishchilar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar bilan hamkorlikda bo’ladi. ijtimoiy pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi faoliyat maqsadi, sub’ek va ob’ekti, funksiyalari, tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi.
Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi-oilada bolani normal tarbiyasi va rivojlantirish. Uning sub’ektlari yuqorida sanab o’tilgan mutaxassislardir. Faoliyat ob’ekti oila va bola hisoblanadi. qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining funksiyalarini belgilasa bo’ladi. ijtimoiy pedagogik faoliyat bosqichlari ijtimoiy pedagog faoliyati vazifalari ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari 1 Qabul qiluvchi oilani qidirish Axborot berish Anketa so’rovlari o’tkazish, suhbat, intervyu 2 Bo’lg’usi qabul qiluvchi otaonalarni o’rganish Tashhiz qo’yish (ilk) Anketa so’rovlari o’tkazish, suhbat 3 Bola bo’lgan muassasa va oilalarga tashrif buyurish (bolalar uyi, inqirozli oila) Vositachilik Kuzatuv, suhbat 4 Bo’lg’usi qabul qilish oilani o’rganish Tashhiz qo’yish (guruhlashgan) Test o’tkazish, suhbat, hujjatlarni o’rganish 5 Ilk ta’lim. Ma’ruza, hikoya, suhbat, videofilmlar Ta’lim berish Ma’ruza, suhbat, kuzatuv, mashg’ulotlar
Bolani oilaga joylashtirish, ota-onalarga chuqur ta’lim berish Patronaj Birinchi bosqich qabul qiluvchi ota-onalarni qidirish bilan bog’liq. Bu mas’uliyatni bo’ynilariga olmoqchi bo’lgan shaxslar ariza bo’lib unda o’z familiya, ismlari, yashash manzili, uy telefoni, bolalarining yoshi, qaysi jinsdagi va necha yoshli bola olmoqchiligi, bola bilan qancha muddat birga bo’lishlari va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog axborot funksiyasini bajarib, boshqa mutaxassislar bilan birgalikda so’rovnoma o’tkazishadi. Ikkinchi bosqichda ariza topshirgan nomzodlarga anketa yoki boshqa bir hujjatni to’ldirishni taklif qilishadi. Unda bo’lajak ota-onalar oila tarixini bayon etishadi. O’z turmush tarzlarini, oila a’zolarining diniy mansubligini, turmush o’rtoqlarning sog’ligi holatini, moddiy holatlarini, oilaga bola qabul qilish sabablarini xarakterlab berishadi. Anketa yoki axborot xaritasini ijtimoiy pedagog yana o’sha mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqadi. SHunday qilib potensial qabul oilasining oldindan tashhiz qo’yiladi. Uchinchi bosqich oila, bolalar uyi yoki bola joylashgan boshqa muassasaga ilk tashrifdan iborat. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog bola hamda qabul qiluvchi oila o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. U bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan shaxslar bilan suhbatlar o’tkazadi. To’rtinchi bosqich oila va uning atrofdagilarni yaxshilab o’rganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashhiz). ijtimoiy pedagog bo’lajak ota-onalar tomonidan to’ldirilgan anketa va ariza bilan tanishib chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila a’zolari bilan suhbatlar o’tkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila a’zolarida yomon odatlar borligini va boshqa jihatlarni aniqlaydi. So’ngra ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda oilaning yaqin atrofdagilarini (qo’shnilar, hamkasblar, do’stlar) o’rganib chiqadi. Bu suhbat yoki maxsus ishlab chiqarilgan anketalar yordamida bajarilishi mumkin.
Beshinchi bosqich bo’lajak ota-onalarning ilk o’qitish bilan bog’liq bo’lib, unda 2- 3 kun mobaynida bola joylashgan muassasada nazariy bilimlar amaliy malaka oshirish o’tkaziladi. Bunda ijtimoiy pedagog ta’lim beruvchi funksiyasini bajaradi, kirish kurs dasturini ishlab chiqadi. Oltinchi bosqich bolani qabul qiluvchi oilaga topshirish bilan bog’liq. Bu holatda asosiy faoliyat vasiylik va adliya organlari tomonidan bajariladi. Bolani oilaga topshirgan vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagog patronaj o’tkazish funksiyasini bajaradi. Bolaning qabul qiluvchi oilasiga adaptatsiyasi boshlanadi. Bu esa ham bola ham ota-onalarga muammolar tug’diradi. Shuning uchun bu bosqichda kirish kursining davomli bo’lishi ota-onalarni o’qitishning chuqurlashtirilgan kursi o’tiladi. Ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda yangi dasturni ishlab chiqadi. Qabul qiluvchi oilada otaonalarni o’qitish mazmuni ko’p holatlarga bog’liq-bolani qanday oila bolalikka oldi (ko’p bolali, bolasiz, ota-ona bir kishi hisoblanadigan), qabul qiluvchi ota-onaning yoshi, bolalikka olishga undagan sabablar, oilaga qabul qilishgan bolaning shaxsiyati (yoshi, jinsi, biologik ota-onalarining bor-yo’qligi). Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y berdi, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi. Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yyetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi. Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. Ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi: bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish. Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi. Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan tashlandiq bolalar, tug’ma yyetimlar tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda maktab internatlarga o’tishadi. Bolalar uyining maktab internatdan asosiy farqi uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi maktablarda ta’lim olishadi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi ham ta’lim olishadi. O’z oilasidan boshqa joyda ulg’ayayotgan bola-doimo g’ayitabiy hodisadir.
Go’dak hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz tarbiya 90% holatlarda uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internat turidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor 235 jihatdan och qolishadi, ular real hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktabinternatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatniboshdan kechirishgan, bu esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari, emotsional-shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy infantilzim, kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi. Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar nafaqat ta’limtarbiya funksiyalarini bajarishga qaratilganlar, ular bolaning normal ijtimoiylashuvi, uning to’liq rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini to’g’irlashadi, tarbiyachilarning huquqiy va psixologik himoyalarini ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o’z o’rniga ega.
Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari Go’daklar uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida alohida o’rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-sog’lomlashtirish muassasalari ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga oila o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi tizimining effektivligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi hisoblanadi. Har bir tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog’ligi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy shartdir. Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumotli bo’lishi, balki yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim. Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda bolalarning yoshini emas, uning sog’ligi, holati va yetishgan rivojlanish darajasini inobatga olish kerak. Bolalarning bir qismi tarbiya jarayoniga yoshiga qarab qurilishi mumkin, biroq aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi ta’lim tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Odatda go’daklar uyiga ijtimoiy noxush oilalardan kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada ham davolanishgan. Ularga alohida e’tibor qaratish lozim. Go’daklar uyining spetsifik xususiyatlari bola organizmi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan o’z salbiy jihatlariga ham ega. Odatda tarbiyachining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash qiyin bo’ladi.
Biroq bu go’daklar uyining asosiy maqsadi hisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim. Go’daklar uyining asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini ta’minlashi, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash, ularning ijtimoiy adaptatsiyalarini yengillashtirishdir. Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda yosh bolalarning asab-ruhiy rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, bolalar organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaqin o’zaro munosabati, bolalarda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, harakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta ehtiyoj borligi kabilarni inobatga olish lozim. Go’daklar uyida bolalar sog’ligini saqlashga, xususan ularning asab tizimlarini asrashga katta e’tibor beriladi.
Bu esa harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkur, tasviriy faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk 3 yili ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik. Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush ijtimoiy va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. Natijada hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo bo’lishi mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar (bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir. Bu nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lish nutq rivojining ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga yetarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki aksincha ular bilan ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi. Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin va boshqa go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo’lishlar kuchayadi (bolaga biror narsa rad etilganda yig’i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, ba’zan kattalarga nisbatan agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak.
Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida ijtimoiy pedagogning o’rni Bola hayotining ilk yillarida unda u o’sib-rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit talablarini aks etuvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro ijtimoiy muhitning o’zgarishi yurish-turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib odatda adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi. Go’daklar uyida bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida bo’lishadi va bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi. Bolalar uyida go’dak ijtimoiy yurish-turishning stereotipini o’zgartirish zarurati haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim: 1. Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi. 2. Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi. 3. Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z xususiyatiga egalar, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi. SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz. Adaptatsiya atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi. Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud bo’lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi. Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi. ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurishturish shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi. ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega. ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikro ijtimoiy muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha past. Shuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va sog’ligi ko’rsatkichlari ham doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi. Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga ko’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi. Ko’nikish bosqichlari:
1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi mikroijtimoiy muhit talablari va odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi. Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi, infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi. 2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi yurish-turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi (60 kungacha). 3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi. Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani murakkabligi bo’yicha tasniflash imkonini beradi. Yengil adaptatsiya. Bola yurish-turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo’ladi. Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola iste’mol qiladigan narsalar hajmi normasiga qaytadi, uyquning tiklanishi 7-10 kunda ro’y beradi, emotsional holat, nutq faoliyati va bolalar bilan o’zaro munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi.
Shu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati ham pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish-turishida barcha buzilishlar yaqqol namoyon bo’ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30 kunda normallashadi, mo’ljal olish faoliyatining buzilishi o’rtacha 20 kun davom etadi, nutq faoliyat 20-40 kungacha qayta tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror bo’lib turadi, harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir bo’ladi. Bu davrda ham kattalar bilan o’zaro munosabatlar buzilmaydi. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. Adaptatsiyaning bu yo’nalishi bolalarda odatda 9 oylik yoshdan 1,5 yoshgacha qayd etiladi. Biroq agar bolalarda sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa yoki go’daklar uyida sog’lomlashtirish-tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo’lsa har qanday yoshdagi bolada bu holatlar qo’zg’atilishi mumkin. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazilayotganda, statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi. Og’ir adaptatsiya. Bu adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2-6 oy va ko’proq) va barcha alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi. Organizmning ko’nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining emotsional-ijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional muvozanat va shu asosda shakllanadigan anglab olish faoliyatining yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi. Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylashnoto’g’ri hisoblanadi. ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va mashq qildirishdir.
Chunki bola o’z adaptatsion imkoniyatlarisiz o’zini turli ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarni mashq qildirishmasalasi go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilishning eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit sharoitlariga yengil adaptatsiya darajasida ko’nikishga intilish va adaptatsiyaning og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilar ekan ijtimoiy pedagog unga sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: 1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash. 2. Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish. 3. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan tanishtirishi lozim. 4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish kerak, maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim. Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu bilan birga bolaning shu paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim.
Ayniqsa ovqatlanish rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va glyukoza qqo’shilgan qorishma berish ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim. 5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi, bolalar, xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. Yangi guruhdagi ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir o’yinchoqni olib kelishga ham ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat berilmaydi.
Adaptatsiya varaqasi yoki guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash uchun bolaning yurish-turishi, ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish kerak. 6. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar uyiga kirishdagi vaziyat ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi, o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va og’ir adaptatsion sindrom ham paydo bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan ko’proq shaxsan aloqa qilish, uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish, bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin. Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish; 2. Bolalar sog’ligini saqlash; 3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash; 6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish; 7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati yo’lida yetarli ta’lim olish; 8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish: 9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini shakllantirish.
Yetim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yetimxonalar mavjud. Yetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning 240 maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish. Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir. Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi. Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi.
Buning sababi-bolalar uyida bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan pastdir. Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun bolalar uyidagi kundalik faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin namoyon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha sermahsuldir. Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari va ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli vaziyatlarda ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari tomonidan tushunilmasligi va hokazo. Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. Shunday qilib olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va ehtiyoj sohasini aniqlashdi.
O’smirlik yoshida bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga, o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir. Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar, shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi-bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi: 241 ijtimoiy pedagog tashhiz qo’yish va maslaht ijtimoiy profilaktik faoliyat ijtimoiy tarbiya Maqsadi: shaxs sotsiogenezi dinamikasini kuzatish, uning buzilish sabablarini aniqlash; Ijtimoiypsixologik muammolarini va ularni xal qilish usullarini o’rganish;
Tarbiyachilarning ijtimoiy adaptatsiyalari xususiyatlarini o’rganish; ijtimoiy tavakkal guruhi tarbiyalanuvchilarini aniqlash; Bolalar qiziqish va qobiliyatlarini o’rganish; ijtimoiy rivojlanishning individual xaritalarini tuzish; Bolalar rivojining ijtimoiy tarmoqlva individual vaziyatiga tashhiz qo’yish; Bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishlariga tashhiz qo’yish; ijtimoiy xulq-atvordan chetga chiqishlariga tashhiz qo’yish. Maqsadi: bolalar ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlarni oldini olish, shaxsning to’liq rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish; Bolalarda ruhiy keskinlik profilaktikasi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Qulay ijtimoiypsixologik mikromuhit yaratish; tarbiyalanuvchilarning o’z oilalari, pedagoglar va tengdoshlari bilan muloqot qilishlarining eng optimal yo’lini tanlash; shaxsiyatlararo munosabatlarning profilaktikasi dasturi.
Ijtimoiy zararli illatlar (araqxo’rlik, giyohvandlik, taksikomaniya)ning profilaktikasi dasturi. Maqsadi: shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga faol ta’sir ko’rsatish, ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya dasturlari orqali unga ijobiy ta’sir ko’rsatish; Hayotiy malakalar va ko’nikmalarni rivojlantirish dasturi; Profiariyentatsiya dasturi: Jinsiy tarbiya va oilaviy hayotga tayyorlash dasturi; Aloqa ko’nikmalari va muloqat madaniyatini rivojlantirish dasturi; Xulq-atvordagi turli chetga chiqishlarni (agressiya, avtoagressiya, adiktiv xulqatvor, uyatchanlik, autiz) to’g’irlash dasturi. Xarakter aksentuatsiyalarining psixoterapiyasi dasturi. “Men” obrazining to’g’irlash dasturi O’z faoliyatida ijtimoiy pedagog bir qator vazifalarni hal qiladi: 1. bolaning ijtimoiy maqomini aniqlash; 2. tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanish dasturini tuzish; 3. Bola adaptatsiyasi, intergatsiyasi, reabilitatsiyasi; Shu bilan birga u o’z faoliyatida tashhiz qo’yish, bashorat berish, reabilitatsion vositachilik va patronaj o’tkazish vazifasini ham bajaradi. ijtimoiy pedagog faoliyati bola ijtimoiy maqomini aniqlashdan boshlanadi. Hujjatlarni o’rganish, suhbat, test o’tkazish yo’li bilan ijtimoiy pedagog yechishi lozim bo’lgan muammolarni aniqlaydi. Bola kasallanishini tashhizi qanchalik aniq qo’yilsa, unga berish mumkin bo’lgan yordam turini aniqlash oson bo’ladi. Bolaning tarbiyasi jamoada kechadi, shuning uchun ijtimoiy pedagog bolalar jamoasini ham to’liq o’rganadi. Buning uchun ijtimoiy pedagog tomonidan “bolani o’rganish varaqasi” hamda “Bolaning individual xaritasi” to’ldiradi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin