Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə134/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmda dunyoga keladi.
Beruniy yoshligidan ilmga ayniqsa aniq fanlarga qiziqadi. U matematika, jo‘g‘rofiya, yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qib chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi ajdodlar tillarini qunt bilan o‘rganadi.
Beruniy bir necha yil koinot, metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Minerologiya» asarini yaratadi. Uning «Geodeziya» asarida geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda poleontologik kuzatishlari natijalari ham bayon qilingan.
Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar"dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha va ma’lumotlar bergan. Olim 1030 yilda o‘zining Sharq va G‘arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Xindiston» asarini yaratadi. Asarda Beruniyning Xindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Hammasi bo‘lib 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Olim o‘z asarlarini o‘sha davr an’anasiga ko‘ra arab tilida yozgan. Beruniy yuqoridagi asarlarida inson kamoloti xaqida o‘z qarashlarini bayon etadi.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma’rifatida deb biladi.
SHuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi.
Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi.
Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab etishiga ta’sir etadi.
Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi. U xar bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi.
Og‘ir mexnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan soxiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e’tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. SHu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar xaqida gapirib, ularning mexnatini rag‘batlantirib turish kerak deydi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida xam fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi.
Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar xaqida emas, xunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari xaqida qimmatli fikrlar bildiradi.
«Saydana» nomli mashxur asarida esa Sharqdagi dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi.
1.Irsiyat.
2.Muhit.
3.Tarbiya.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u:
-o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
-uzviylik, izchillik;
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Olim fan soxasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda xam katta axamiyatga egadir.
Sharqda «Shayx ar-rais» nomi bilan mashxur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa qomusiy olimlar qatori matematika, astranomiya, fizika, Kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashxur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’idagi kichik amaldor oilasida tug’ildi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo’r, mehnatsevar edi. Undagi tug’ma qobliyat, o’tkir zehin, kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sino otasi Abdulloh hamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozaralari o’tadiga oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta’sir etdi. Shu bilan birga uning bolalaik va o’smirlik yillari o’tgan Buxoro shahri somoniylar davlatining yirik madaniyat markazi bo’lib hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo’lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan.
Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hay ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Risolat fi-l ishq» («Ishq haqidagi risola»), «Risola fi moxiyat as-salot» («Nizomning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat qilish ma’nosi haqida), «Risolat fi-daf al-g’am min al mivt» («O’limdan keladigan g’amni daf qilish haqidagi risola»), «Risolat al-qadr», «An-najot», «Ash-Shifo», «Donishnoma», «Kito bash-ishorat» va at tanbihot» asarlari shular jumlasidandir.
Ma’lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalangan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali ibn Sino kamolatga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasliklari zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir».
Zero, ma’rifatli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligini,lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o’z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya yotadi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tamoillarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
- ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
- o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o’zining «tadbiri manzil» asarida maxsus bo’lim bag’ishlanadi. «Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash» («Omuzish va parvarish madrasa farzand») bo’limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’ulyatli burchidir. Shunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo’riqlar beradi. Bular quydagilardan iboratdir:
- bolalar bilan muomilada bosiq, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi;
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi;
- fanga qiziqtra olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib Bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushinarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- har bir so’zning bolalar xissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og’zaki ifodami, bilimlarni tushintirishmi, turli ko’rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiyqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo’lgan.
Shu jihatdan olimning»Hay ibn Yaqzon»asari kishilarning did farosatini o’stirishi, fkir doirasini kengaytirishi bilan ta’lim-tarbiyada ham katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora qilad: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg’oq o’g’li Trik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinoni o’zi ham ta’kidlaydi.
Mazkur asarni Ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo’lgan Faratjon qal’asi qamoqxonasida yozgan deyishadi.
Ibn Sino bu asarida ilm-ma’arifatni o’rganishga kirishishi natijasida ko’zi ochilgan, uning natijasida aql (Hay ibn Yakzon) ko’ziga ko’ringani va ilm ham unga o’z jamolini nomoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm aqilni o’lim bilmaydigan Uyg’oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydiga – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo’lgan va bilishi mumkin bo’lgan narsalarni o’qishga kirishgani, bu yo’lda aqilni ishga solib, o’zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarni bilb olganligini qayd etadi.
Demak, «Hay ibn Yakzon» mantiq ilmiga bag’shlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu-fan, ziyoning ahaamiyati, insondagi aql tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asarshina bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning ahloqiy kamolati muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o’rganish natijasida amalga oshsa, ahloqiy tarbiya ko’piroq yaxshi ahloqiy hislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta’lim berdi.
Inson xissiy va ma’naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe’l-atvoriga xos hislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida muhim rol o’ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof dunyoni bilishigagina emas, balki uning xulqidagi yaxshi yoki yomon jihatlarining tarkib topishiga ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda extiyotkor bo’lish kerakligini, bola yomon odatlarga o’rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini bildiradi.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga yetadi.
Olim oilada ota-onaninng vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatishi borasid muhim fikrlar bayon etadi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomonidan rivojlanishi uning kmolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin