Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə135/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Nazorat uchun savollar:

  1. Beruniyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyatini izohlang.

  2. Beruniyning axloqiy, aqliy, nafosat tarbiyasi haqidagi fikrlarini izohlang.

  3. Beruniy ilmiy merosi va uning fanlar taraqqiyotida tutgan o‘rni.

  4. Ibn Sinoning hayoti va siyosiy ijtimoiy tuzum.

  5. Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya usullari, shakl va metodlarini izohlab bering.

  6. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi haqida qanday fikrlarni ilgari surgan.



18-Mavzu: SHARQ PEDAGOGIKA TA’LIMOTIDA TA’LIMIY-AHLOQIY QARASHLAR. M.QAOSHG’ARIY, YUSUF XOS HOJIB, AHMAD YUGNAKIY VA KOYKOVUS, MUSLIHIDDIN SA’DIY
Reja:

        1. Ta’limiy-axloqiy qarashlarning paydo bo‘lishi

        2. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ning ta’limiy va tarbiyaiy ahamiyati

        3. Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” asarining tarbiyaviy ahamiyati



Tayanch iborat: Axloq, insoniylik g‘oyasi, Hirot, Qohira, Namangan, “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. SHuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi etakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Mahbub ul-qulub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishida yuksak axloqqa ega bo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi.
  1. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va “Hadis”larni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. SHunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.


  2. Yüklə 4,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin