Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida etuk insonni kamolga etkazish masalalari



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə138/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida etuk insonni kamolga etkazish masalalari
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos tarzda bayon etiladi.
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi.
U bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi. CHunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O‘sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur” deb bashorat qiladi.
U yurtni idora etuvchilarni va xalqni boshqaruvchilarni ikki toifaga bo‘lib, birinchisi adolatli siyosatni yurituvchi beklar va ikkinchisi dono olimlar deydi. Chunki siyosatchilar yurtni boshqarsa, olimlar ma’rifiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Olim bilimni ziyoga, tengi yo‘q javohirga o‘xshatib, u insonni yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib olishga yordam beradi, deydi. Insoniyat nimaga erishgan bo‘lsa, bilim tufayli erishganligini ta’kidlaydi. Ammo bu boylikni hech kim o‘g‘irlay olmaydi, deb bilim va zakovatni muqaddas do‘st, mehribon qarindosh, kiyim va ozuqa sifatida ta’riflaydi.
Lekin Yusuf Xos Hojib ilm-fanni anglashni targ‘ib etibgina qolmasdan, uni hayotga tatbiq etish, amalda qo‘lllay bilishga ham da’vat etadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, buyuk alloma mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va moddiy, ma’naviy yuksalishida, elu xalqning boy va farovon turmushi-barchasi ilm va ma’rifatning ravnaqiga bog‘liq ekanligini to‘g‘ri va ishonarli dalillar bilan badiiy ifodasini bera olgan va o‘zi ham ana shu ezgu ishni amalga oshirish uchun tinmay faoliyat ko‘rsatgan.
Mutafakkir o‘zining axloqiy qarashlarini, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha tiplari o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy, xulq-odob tamoyillari, talab va vazifalari butun asar davomida qahramonlarning o‘zaro munosabatlari asosida ifodalangan. Unda Elig (xon), uning vakillari, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro munosabati, axloqi, muomalasi talablari bayon etiladi, turli kasb egalariga xos xislatlar, odatlar yoritiladi.
Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to‘laqonli ochib berilishi olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi: insoniylik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug‘lanadi, ularga yolg‘onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag‘allik, qo‘pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo‘rlik, ochko‘zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.
Bunda dastlab, barcha yaxshi ishlarning manbaini ezgulik, yomon ishlarning asosini essizlik nomlari bilan talqin etadi. U inson hayotda qilgan ishi bilan yo yaxshi nom qoldiradi, yo yomon nom oladi, deydi. Alloma barcha ezgulikning boshi til odobi, asar uning foyda va zararlariga bag‘ishlanadi deya ta’kidlaydi.
Til insonning qadr-qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin. Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z, deydi.


  1. Yüklə 4,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin