Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə146/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

SHAXSIY SIFATLARI Tabiati: Bu haqida Ahmad ibn Muhammad ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» kitobida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan: «U hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgiyu ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi (so‘zda) o‘ziga ozor etadigan biron narsa bo‘lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi, u (bo‘lib) o‘tgan ishga aziyat chekmas va o‘ziga hosil bo‘ladigan (yutuq)dan shodlanmas edi. U bexato (nishonga uruvchi) fikrli, ajoyib farosatli, mislsiz (darajada) baxtli, ulug‘vorligi (o‘ziga) muvofiq, qat’iy azm bilan so‘zlovchi, (boshiga) kulfat tushganda ham haqgo‘y (kishi) edi. U (birovdan) bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash va ko‘z ishoratlarini sezadigan idrokli kishi edi. U sinchkov bo‘lib, har bir ishoratdan ogoh kishi bo‘lib, yuz beradigan barcha ishni ko‘rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o‘tmas, o‘z farosati bilan haqgo‘y va yolg‘onchini ajratar edi. O‘z ziyrakligi tajribasi bilan chin (haq) nasihatgo‘ydan soxta (nasihatgo‘yni) idrok etar». «Sahroyilarga xos jasur, sabr-toqatli, jonsarak Temur na cho‘lu biyobonlarning jazirama issig‘ini, na tog‘ dovonlarining haddan ziyod qahraton sovug‘ini pisand qilar, o‘troq xalqlar uchun tushunib bo‘lmaydigan chidam bilan bu mushkulotlotlarga bardosh berardi» .
Ilmi: Amir Temurning bolalik davri haqida, umuman olganda 1360 yilgacha bo‘lgan hayotida yuz bergan voqealar haqida tarixiy manbalarda aniq ma’lumot deyarli uchramaydi. SHuning uchun uning dastlabki ta’limi haqida bir nechta manbalarda ma’lumot berilgan bo‘lsa ham, afsuski, ular bir-biriga mos kelmaydi. Helda Hukhem «Etti iqlim sultoni» asarida «Temur maktab ko‘rmagan bo‘lsa-da, uni joxil deb bo‘lmasdi. U jismonan baquvvat, ma’naviy hayotning yuksak qadriyatlarini egallagandi, doimo olimlar davrasida ishtirok etar, ulardan talaygina fanlarni o‘zlashtirgandi, tarixni yaxshi bilardi», deydi. Ko‘p o‘rinlarda Amir Temurga nisbatan adovat ila qalam tebratgan Ibn Arabshoh avval zikri kelgan manbada «Temur savodsiz bo‘lib, hech narsa o‘qimas va yozmasdi; arab tilini mutlaqo bilmasdi; fors, turk va mo‘g‘ul tillaridan o‘ziga yarasha bilardi», deydi. SHu bilan birga ibn Arabshoh Sohibqiron Amir Temur haqida ijobiy ma’lumotlarni ham keltirgan: «Temur tarix (kitob)lari, Xudoning rahmati va salomi bo‘lg‘ur Anbiyolar qissalarini, podshohlar siyralari va o‘tgan salaflar haqidagi hikoyalarni doimo – safarda ham, hazarda ham – o‘qitib, qunt bilan tinglar edi» . Turg‘un Fayziev «Temuriylar shajarasi» kitobida Temurning dastlabki ta’limi haqida to‘xtalganda deydi: «Yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga berdilar. U madrasa kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan, o‘z ona tili – turk tilidan tashqari, fors tilini ham mukammal egallagan edi». Yana mazkur asarda Amir Temurni tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan yaxshigina xabardor bo‘lgani ham aytilgan. Helda Hukhem «yetti iqlim sultoni» asarida «Temur Osiyo qit’asini har qanday jug‘rofiyundan ko‘ra yaxshiroq bilardi», deydi. Haqiqatda, bu voqe’likka to‘g‘ri keladi. Nima bo‘lganda ham, Sohibqironni savodsiz deganlarning o‘zi uni qanchalar ilmli ekanligini aytib turibdi. Ilm ahliga munosabati: Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to‘la-to‘kis izzat ko‘rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu hishmat bo‘lardi .Amir Temur qay bir shaharni fath etsa, undagi ulamolar va hunarmandlarni ilmiga ko‘ra Samarqand yoki qo‘l ostidagi boshqa shaharlarga yuborib, ularni ikrom qilgan holda ularning ilmi, hunaridan yurt obodligi yo‘lida foydalanar edi.
SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhining «Samarqandning sara ulamolari» kitoblarida Amir Temur haqida jumladan quyidagilar keltirilgan: «Amir Temur ilmga va ulamolarga ahamiyati katta bo‘lgan. Harbiy yurish, jangu jadalning ichidan Imom Muhammad ibn Jazariy rahmatullohi alayhiga o‘xshash allomlarni topib, o‘z diyoriga olib kelish, ularga ilmiy faoliyat uchun sharoit yaratish va ularning hurmatini joyiga qo‘yish oson ish emas». Qiziqishlari: Amir Temur bo‘sh vaqtida ko‘proq shaxmat o‘ynar edi. U bu o‘yinning ustasi bo‘lib, bu boradagi zamonasining eng oldi kishilari bilan bemalol dona sura olar edi. Temur shaxmat taxtasini jang maydoni kabi ko‘rib o‘ynardi. Shu tariqa u fikrlarini yanada teranlashtirar edi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin