Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Sa’diyning “Guliston” asarida ilgari surilgan



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə142/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Sa’diyning “Guliston” asarida ilgari surilgan
ta’limiy-ahloqiy qarashlar
Mutafakkirning komil insonni tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Guliston” asari Sharq xalqlarining pedagogik fikrlari tarixida o‘ziga xos uslubga ega didaktik asar sifatida tan olingan. Ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir.
Taniqli Sharqshunos olim SH.SHomuhamedovning ta’kidlashicha, “Guliston” asari XVII asrdayoq fransuz, nemis va lotin tillarga tarjima etilgan va G‘arb mamlakatlarida katta shuhrat qozongan. Asarning rus tilidagi birinchi tarjimasi XVII asrda Adam Oleariy tomonidan qilingan nemischa tarjimasiga muvofiq yaratilgan. XIX asrga kelib, A.Kozimbek (1829 yil), S.Nazaryans (1857 yil), K.Lombars (1862 yil), I.Xolmogorov (1882 yil) kabi tadqiqotchilar ham mazkur asarning rus tilidagi tarjimasini tayyorlaganlar. 1922 yilda esa mashhur Sharqshunos olim E.E.Bertals tomonidan tayyorlangan ruscha varianti nashr etilgan.
1957 hamda 1959 yillarda asarning badiiy va akademik tarjimalari SSSR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida Sharqshunos olim R.Aliev tomonidan tayyorlanib, nashr etildi.
“Guliston” asarining o‘zbek tilidagi tarjimalari 1390-1391 yillarda Sayfi Saroyi, XIX asrda mashhur shoir Muhammad Rizo Ogahiy hamda 1909 yilda Murodxo‘ja Soliqxo‘ja o‘g‘li tomonidan tayyorlangan. Fors-tojik adabiyotining bilimdoni, Sharqshunos olim Sh.Shomuhamedov 1968 yilda 1959 yilda Moskva shahri hamda 1966 yilda Tehron shahrida chop etilgan nashrlar asosida mazkur asarning o‘zbek tilidagi variantini chop etishga muvaffaq bo‘ldi.
Asar sakkiz bobdan iborat bo‘lib, ularning har birida axloqiy tarbiyaning u yoki bu jihatlari borasida so‘z yuritiladi. Asarning tarkibiy tuzilmasidan o‘rin olgan boblar quyidagicha nomlangan: “Podshohlar odati bayoni” (1-bob), “Darveshlar axloqi bayoni” (11-bob), “g‘anoatning fazilati bayoni” (111-bob), “Sukut saqlashning foydalari bayoni” (IX-bob), “Zaiflik va keksalik bayoni” (Y-bob), “Ishq va yoshlik bayoni” (X1-bob), “Suhbat qoidalari bayoni” (VIII-bob).
“Guliston”ning mundarijasidan ham anglanadiki, asar mazmun va mohiyatiga ko‘ra insonni etuklik, kamolotga etaklovchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritishga xizmat qiladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin