Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə145/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Shajarasi: Amir Temur ibn Tarag‘ay ibn Barkul ibn Ilangiz ibn Iyjil ibn Qorachor no‘yon. Qorachor nuyon – Qirqta xotini bo‘lib, ulardan o‘nta farzandi bor edi. Ularning to‘ng‘ichi Iyjil nuyon edi . Iyjil – Uning bir nechta farzandi bo‘lib, kattasi Ilangiz nuyon edi. Ilangiz – otasi Iyjil Xuloguxon bilan Turondan Eronga ko‘chib kelganda, Ilangiz CHig‘atoy ulusida otasining o‘rnida qoladi. Undan bitta o‘g‘il – Barkul qolgan. Barkul – Uning ikkita o‘g‘li bo‘lgan: amir Tarag‘ay, amir Balta.
Qabilasi: Barlos. Dini: Islom. Ba’zi manbalarda Amir Temur kichikligidayoq Qur’oni Karimni yod olgan, deyilgan. «Temuriylar shajarasi» nomli asarda muallif Turg‘un Fayziyev Amir Temurning ixlos, e’tiqodi haqida jumladan quyidagilarni keltiradi: «Amir Muhammad Tarag‘ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi bo‘lgan. SHuningdek, ulamo fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi edi». Helda Hukhem «Etti iqlim sultoni»da: «Temur besh vaqt namozni kanda qilmas, ramazon oyida, albatta, ro‘za tutardi. Iyd Ramzon ham Temur saroyida katta tantana bilan nishonlanardi». Yana mazkur asarda Sohibqironning xayru saxovati haqida ham iliq so‘zlar kelgan. Tabibi: Mavlona Fazlulloh Tabriziy. Vafoti: Hijriy 807 yil, 17 sha’bon/milodiy 1405 yil, 18 fevral, chorshanba kuni kechasi shom bilan xuftan namozining orasida Sirdaryo yaqinidagi O‘tror tekisliklarida vafot etgan.
Qabri: Ibn Arabshohning ma’lumotiga qaraganda, Sohibqironning jasadi Muhammad Sulton madrasasidagi dahmaga dafn etilgan bo‘lib, dahmaning devorlariga Temurning kiyimlari va qurol aslahalari ilib qo‘yilgan. Mazkur buyumlar qimmatbaho toshlar va oltin bilan bezatilgan bo‘lib, bu ma’danlarning eng kichik bir bo‘lagi bir viloyatning bir yillik xirojiga teng kelardi. Maqbara ichiga katta-katta oltin qandillar o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan birining og‘irligi 4000 misqolga teng edi. Maqbara sahniga ipak gilamlar to‘shalgan. Sohibqironning jasadi esa sherozli mohir usta tarafidan yasalgan po‘lat tobudga solinib, dafn etilgan. Oradan to‘rt yil o‘tgach, 1409 yil may oyida Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li SHohruh Mirzo Halil Sulton Mirzodan Samarqand taxtini tortib olgach, Muhammad Sulton xonaqohiga kelib, otasi Amir Temurning qabrini ziyorat qiladi. SHariat tartiblariga qattiq rioya qiluvchi SHohruh Mirzo maqbaradagi shariat qonun-qoidalariga zid kelgan ishlarni, marosimlarni man’ etadi, shu jumladan Amir Temurning kiyimlari, qurol-aslahalari va barcha qimmatbaho bezaklarni xazinaga qaytaradi. SHuningdek, Amir Temur va Muhammad Sulton Mirzo jasadlarini madrasa xonaqohidan ko‘chirib, po‘lat tobut o‘rniga yog‘och tobutga solib, hozirgi Go‘ri Amir maqbarasiga dafn ettiradi .

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin