Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə148/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Ollohul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi;
tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati;
qilich — ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi;
kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”.
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o‘zi qat’iy rioya etgan, haqiqiy etuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e’tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e’tibor bergan.
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o‘rgatilar edi. Bu san’at turlari o‘sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug‘ullanganlari haqida SHarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qayd etilgan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta’lim-tarbiyaga oid o‘gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
Amir Temurning ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi.
21-Mavzu.XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVOROUNNAHRDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Reja

        1. Movarounnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti.

        2. Amir Temur davrida ta’lim tarbiya

        3. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining ilgari surilishi


Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin