Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə83/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

4.
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang’ich usuli bo`lib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag’batlantirishni yoki to`xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta`minlaydi.
Talab qilish usuli o`quvchilarning ko`pgina ahloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o`ziga nisbatan mas`uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma`naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta`sirchan usuliga aylanishi mumkin.
O`qituvchi o`quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o`z ko`rsatmalari bilan o`quvchilarning ayrim harakatlarini rag’batlantiradi. O`quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag’batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo`nda bo`lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o`xshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yo`l-yo`riqlar shakliga ega bo`ladi. Bir xillari o`quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o`quvchilarning keraksiz va noto`g’ri harakatlarini to`xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo`llab quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz o`quvchilarning o`quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydi.
Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi., o`z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz.
Pedagogning talablari vositasiz talablar bo`lishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.
Pedagogning talablari vositali talablar bo`ladi, bunda o`qituvchi o`z talablari bilan bolalarda o`z do`stalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.
Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, o`shaning talab qiluvchiga munosabatidir.
Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog rag’batlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta`riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda ko`pdan-ko`p ko`rinishlari ham bo`lishi mumkin.
Endi talab shakllariga to`xtalib o`tamiz.
Talab to`ppa-to`g’ri bo`lishi mumkin, bunda o`qituvchining murojaati qat`iy, dadil ohangda ifodalangan aniq ko`rsatmaga ega bo`lishi mumkin.
To`ppa-to`g’ri talab o`quvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa ta`sirchan bo`ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat`iy talab bo`lmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab bo`lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan berilgan va`dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni o`ylasa, u xato qilgan bo`ladi. Shuni ham aytib o`tamizki, to`ppa-to`g’ri talab ko`pincha o`quvchining pedagogga yoki u boshlangan faoliyatga betaraf munosabatda bo`lishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda to`ppa-to`g’ri, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir.
Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy bo`lishi, ya`ni mutlaqo muayyan xatti-harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki ta’qiqlamasligi, to`xtatmasligi lozim.
Albatta, o`qituvchining ta’qiqlashlaridan ayniqsa o`quvchilar belgilangan xulq-atvor qoidalarini har-xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi.Biroq pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta’qiqlashlar tashkil etmaydi.
Ikkinchi qoida: to`ppa-to`g’ri talab yo`l-yo`riq tarzda, ya`ni bir xil ma`noli, aniq va tushinarli bo`lishi lozim. Dastlabki paytlarda o`quvchilarning yangi harakatlarini rag’batlantirganda talab yo`l-yo`riq berish bilan qo`shilib ketganday bo`ladi, ularni aniq ta`riflab beradi.
Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan to`ppa-to`g’ri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak.
Shuni esda tutish kerakki, o`xshash pedagogik harakat qonunning namoyon bo`lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi talablarining kuchli va ta`sirchanligini oshiradi, o`quvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq bo`ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi.
Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. Pedagogik vaziyat qandaydir o`zgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning zarur yo`nalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog to`ppa-to`g’ri talablarni qo`yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi to`g’ridan-to`g’ri ifodalanmaydi, pardalangan shaklda bo`ladi va rag’batlantiruvchi omil sifatida faqat talabning o`zidan emas, balki psixologik omillardan-bolaning turli kechinmalaridan, his-tuyg’ularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga bo`lish mumkin.
Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga bo`lgan ijobiy munosabatini ifodalash bilan bog’liqdir. Bular iltimos, ishonch, ma`qullashdir. Ularni ijobiy talablar deb ataymiz.
Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga bo`lgan munosabatini yaqqol ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning rag’batlantiruvchi munosabatlariga asoslanadi. Bular maslahat, sha`ma, shartli talab va o`yin shaklidagi talabdir. Ularni bartarf talablar deb ham ataymiz.
Vositasiz talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va do`q qilishdir.
Iltimos – u pedagoglar bilan o`quvchilar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ishni bolaning o`zi batamom o`z hohishiga qo`yib beradi. O`quvchi har qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, o`z ixtiyori bilan bajarayotganini his qilsin.
Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: o`zining boshqa kishilar uchun foydali ekanligini his qilish, o`rtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi. Ko`pincha bu - ancha murakkab va mas’uliyatli ba`zan faxrli topshiriq bo`ladi.
Talab ma`qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga aylantiradi. Ba`zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda qo`llab-quvvatlashga muhtoj bo`ladi, pedagogning ma`qullashi dastlabki qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta`minlaganday tuyuladi, o`z kuchiga ishonch uyg’otib, bundan keyingi intilishlar manbai bo`lib xizmat qiladi. Talab-maslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash huquqi bolaning o`zida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi, pedagogni katta yoshdagi o`rtoq deb bilishga o`rgatadi. Uning obro`si keng bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi. Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yo`l-yo`riq emas, balki ko`pincha yechimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir.
Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda, ayniqsa qiyinchiliklarda o`quvchilar bilan maslahatlashishga o`rgatadi. O`z navbatida pedagoglar o`zlariga bolalar maslahat uchun murojaat qilishini qadrlashishini, o`zaro aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi.
Talab-sha`ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag’batlantirishning yashirin shaklidir. Sha`ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish bo`lgan talablarni, ma`nosi ochib berilmaydigan talablarni o`ziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan sharoitda sha`ma talabning «yashirin»shakli bo`lib, u faqat ikki kishiga ayon bo`ladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi.
Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy pedagogik talablarni shakli ana shulardan iborat u yoki bu talabning tanlash pedagogning o`zboshimchalik bilan ish ko`rishga bog’liq bo`lmay, balki, pedagogik vaziyatni qanday sodir bo`lishiga bog’liqdir.
Tarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo`lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o`rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».
Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin