Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o’rni bor?



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə85/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o’rni bor?
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Tarbiyaning samarali bo’lishi nimalarga bog’liq?
Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bogliq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:

  1. So’z orqali ifodalash usuli.

  2. Ko’rgazmalilik usuli.

  3. Amaliy namuna usuli.

  4. Rag’batlantirish va jazo usullariga bo’linadi.

Bu metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Birinchi guruh - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o’rnak ko’rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko’rsatish.
To’rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o’rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O`zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o`z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg`otish;
b) o`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o`zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o`quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o`quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg`usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg`usini shakllantirish, o`zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg`usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O`zbekiston Respublikasining chki va tashqi siyosatiga to`g`ri va xolisona baho berishga o`rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o`rgatish va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
Tarbiya jarayoniga, milliy ma’naviyatimizga, mafkuraga oid tushunchalarni ko’rib chiqaylik:
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 fevral) mavzusidagi "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal bo’ldi.

  • Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda to’g’ri yo’lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak.

  • Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor.

  • Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak.

  • Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.

  • Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish lozim.

Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog’liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy (obro’, hurmat-ehtirom),siyosiy ne’matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sog’liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh g’oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish lozimligini o’qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko’rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o’z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi va taraqqiyot yo’lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o’z faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya berish, o’kuvchilar bilim, ko’nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo’l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.
Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo’sh, Tarbiya qoidalari nima uchun kerak ekan ? Unga nimalar kiradi?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari - o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin