Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Mustahkamlash uchun savollar: Insonni shakllantirishda tarbiyaning o’rni qanday? Tarbiya nima?
Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va harakatlantiruvchi kuchlarni o’qituvchi nima uchun bilishi darkor?
Tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashni qanday tushunasiz?
Tarbiya qanday xususiyatlarga ega?
Tarbiya qoidalari va qonuniyatlari deb nimaga aytiladi?
Tarbiyaning qanday qoidalari mavjud va ular mazmunini siz qanday tushunasiz?
Bo’lajak o’qituvchi nima uchun tarbiya qoidalarini o’rganadi?
Sizningcha tarbiyada yana qanday qoidalar bo’lishi mumkin?
9-mavzu. TARBIYA METODLARI. MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOSLIGI VA MAZMUNI Reja Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari
Tarbiya metodlarini o`rganish, tahlil qilish, bu metodlardan pedagogik jarayonda foydalanish ko`nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo`lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish metodlari, o`z-o`zini tarbiyalash metodlari hamda rag’batlantirish usullari, jazolash metodlari.