Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari Bola rivojlanishining, uning o`zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida ta`lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi.
Faoliyat o`quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o`zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi.
O`quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo`llaridan kelgan ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko`pchilik, jamoa bo`lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
Mashq va o`rgatish metodlari Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi. O`qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari kerak. O`quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular orqali hosil qiladi. Odat ehtiyojga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko`p marotaba takrorlashni o`z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o`quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko`nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o`quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi. Odatsiz tarbiya-poydevorsiz binoga o`xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali mustahkamlanadi.
A.S.Makarenkoning ta’kidlashicha, tarbiya - to’g’ri xatti-harakatga o’rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq - bolalar hayotini oqilona bir maqsadga qaratiladi, har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar va qoidalarga muvofiq, tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko’p marta takrorlashni o’z ichiga oladi. Bola uchun mashq - ongli ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko’nikmalar, odatlar, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. “O’yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o’t oldiruvchi uchqundir", - degan V.A.Suxomlinskiy. O’quvchilar hayotida, ayniqsa boshlang’ich sinflarning o’quvchilari hayotida o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. "Bola uchun o’yin – voqelik, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - binobarin, uning tevarak atrofidagi voqelikdan ko’ra qiziqarliroq voqelikdir. U bolaga, xususan tushunarli bo’lgani uchun qiziqdir, o’yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o’zi yaratgan narsa bor".
Bola o’yinda qanday bo’lsa, u katta bo’lganida ishda ham ko’p hollarda o’shanday bo’ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so’zlarida katta pedagogik mazmun bor. O’yin - bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o’yiniga e’tibor bilan razm solinsa, ularning o’yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib olayotganliklarini ko’rish mumkin.
Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko’nikmalar, odatlar, (tajriba) bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. K.D.Ushinskiy tarbiyaning vazifasi xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda hosil qilingan e’tiqod va odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat, Ushinskiyning fikricha, E’tiqodni maylga aylantiradigan va fikrni ishga aylantiradigan jarayondir. Odat - odamning ikkinchi tabiati, lekin tarbiya san’atiga bo’ysunadigan tabiatdir.