Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka
O`rgatish-ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.
O`rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O`qituvchi bu harakatlarni ko`rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim (sinfda navbatchilik qilish).
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashq qilish; kun tartibi mashqlari, maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va o`zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o`rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq o`z istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo`sh vaqtdan to`g’ri foydalanish odatiga o`rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq, malaka va ko`nikmalarini hosil qiladi va mustahkamlaydi.
Topshiriq. O`quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo`lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. O`quvchilar o`z kuchlarini umumishga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o`rganadilar. Mehnat qilish bolani harakteri va irodasini o`stiradi.
-Bola faoliyatining shakllanishida burchga mas’uliyat hissini tarbiyalash lozim.
-O`quvchilar hayotiy faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilishi zarur, qiziqarli, to`laqonli, bolalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy-fodali, ijodiy, ko`ngilochar va shunga o`xshash tadbirlar tashkil etilishi lozimligi, natijada o`quvchilar o`zlari yoqtirgan ishga qo`l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tuyib, o`zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo`lsinlar. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini jamoa foydasi uchun ommaviy, guruh, alohida shakllari va uslublari orqali tashkil etish mumkin. To`garak, klub ishlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar, yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.