1.Qobiliyatlilar stipendiyasi: eng a’lochi va qobiliyatli nemis hamda xorijlik talabalarni va tadqiqotchilarni stipendiya bilan taqdirlash.
2.Millatlararo hamkorlik tizimi: Germaniyada va xorijda xalqaro kvalifikatsiyaga mos keluvchi oliy ta’lim tizimini yaratish (daraja olish uchun xalqaro dasturlar, ikki taraflama asoslangan universitetlar,akademik tarmoq va h.)
3.Akademik hamkorlik uchun ekspertiza.Dunyoda samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun ta’lim madaniyati va oliy ta’lim tizimida ekspertizani tizimlashtirish, rivojlantirish va ta’minlash.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqidagi qonun»i 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki tashqi siyosatidagi islohotlar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or texnologiyalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda davlat maktablari, xususiy maktablar, oraliq maktablar mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalab bo‘ladi, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan qo‘shimcha saboq oladilar.
Matematika, ona tili va adabiyoti bazaviy fan, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya kabi fanlar esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish 5 yil bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi:
Tayyorlov bosqichi;
Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
Chuqurlashtirilgan bosqich.
Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.
Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo‘lib bu bosqichda o‘qish 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olingan bilimlari yanada takomillashtiriladi.
Boshlang‘ich maktabning 3 - bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich bosqichida «Fuqarolik ta’limi», «Nafosat ta’limi» ham o‘qitiladi. Nafosat ta’limiga musiqa, tasviriy san’at, sport kiritilgan. O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, ularni rag‘batlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta’limda uzluksiz va vorislikni ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘yilgan bosh talabdir.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la mas’ul ekan uning uslub tanlashiga mustaqil harakat qilishiga ham to‘la erkinliklar beriladi.
1990 yildagi hukumat qaroriga muvofiq maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab differensiyalashtirish, ya’ni tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berildi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda bo‘lib, birinchi bosqichda fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tibbiy fanlar o‘rgatiladi.
6-5-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi; 4-3-sinflarda esa o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar.
SHundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2- sinf kichik, 1- sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi16.
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ishi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat maishiy xizmat ko‘rsatish informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.