Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə86/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Uzoq tanaffuslar
O‘qish qanchalik maroqli jarayon bo‘lishidan qat’i nazar, bola uchun eng quvonarlisi tanaffusdir. Fin maktablaridagi bolalar 45 daqiqali darsdan so‘ng 15 daqiqa tanaffus qiladi.
Fin o‘qituvchilari dunyoning eng zo‘r o‘qituvchilaridir
Helsinki universiteti pedagogika fakultetiga o‘qishga kirish uchun raqobat o‘ta kuchli. Bir o‘ringa 20 nafar abiturient to‘g‘ri keladi. Bolalarga ta’lim berish istagida bo‘lganlarning soni esa ish o‘rniga qaraganda 10 barobar ko‘pdir. Finlyandiyada o‘qituvchining o‘rtacha maoshi 3500 evroni tashkil qiladi. Finlyandiyada o‘qituvchi bo‘lish nufuzli kasblardan sanaladi, bolalarni o‘qitish esa sharafli ish.
Maktablarda qat’iy belgilangan o‘quv dasturi mavjud emas. Qanday metodika va o‘quv dasturidan foydalanishni o‘qituvchining o‘zi hal qiladi. O‘qituvchidan tashqari fin maktablarida o‘qituvchi assistenti faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifasi dars borishini kuzatish va bolalarga dars tayyorlashda yordam berishdan iborat.
Hayotga tayyorlovchi ta’lim tizimi
Fin maktablarida o‘quvchilar katta va haqiqiy hayotga tayyorlanadilar. Suzish darslarida o‘quvchilar cho‘kayotgan odam belgilarini, uy xo‘jaligi darslarida esa ovqat tayyorlash, bichish va tikish o‘rgatiladi. Fin maktablarida ko‘proq e’tibor tabiatga do‘stona munosabatda bo‘lishga, tabiatni asrab-avaylashga qaratiladi. Fin o‘quvchilari uchun portfolio tayyorlash yoki shaxsiy sayt yaratish bir zumlik vazifadir. Eng asosiysi fin maktablaridagi ta’lim tizimi, o‘quvchilarni yangi va o‘zgarib borayotgan dunyo muhitiga moslashib ketishga o‘rgatadi. Qiyin formulalarni yod olish yoki sanalarni eslab qolishga o‘rgatilmaydi, chunki bularni har doim internetdan ko‘rib olsa bo‘ladi.
Eng yaxshi maktab tanlovining mavjud emasligi
Fin o‘quvchilarining ota-onalari eng yaxshi maktab qaysi, deb izlab yurmaydi. O‘quvchilar, odatda, o‘z uylariga yaqin maktabga qatnaydi. Finlyandiyada elita maktablari yo‘q. O‘quvchi qaerda yashashidan qat’i nazar, birday kerakli zamonaviy jihozlar, o‘quv darsliklari, yuqori malakali o‘qituvchilar va bekamu ko‘st maktab oshxonasi bilan ta’minlangan.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin