Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə84/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Muammolar ham bor…
Finlyandiyada 15-29 yoshdagi 70 000 yigit-qiz ta’limdan, amaliyotdan yoki ishdan tashqarida yashaydi. Ya’ni ijtimoiy hayotda emas. Buning sabablari har xil. Albatta, eng muhimi ishsizlik, mehnat bozori talablariga nisbatan ta’limning etishmasligi, shuningdek, sog‘lik muammolari ham bor. Bundan tashqari, sevimli mashg‘ulotlar- ning etishmasligi va bo‘sh vaqtning boshqa turlari ham bunga sabab bo‘lyapti. Bu borada ayniqsa, o‘g‘il bolalar qolib ketish xavfi mavjud. Statistik xulosalar shuni ko‘rsatyapti. Olimlar kelajakda ayollar ham ish, ham oila uchun yanada ko‘proq mas’uliyat olishidan ogohlantirmoqda. Ta’limdagi dolzarb muammolarga to‘xtaladigan bo‘lsak, etnik jihatdan turli xil o‘quvchilarni sinflarga va ta’limga integratsiyalashtirish, kelajakda ish kuchiga nisbatan noaniqlik bilan yumshoq (ijtimoiy) ko‘nikmalarni rivojlantirish, deb hisoblayman. SHuningdek, o‘qituvchilar mutaxassisligiga ham e’tibor qaratish kerak. CHunki ular mamlakatdagi innovatsiyalar va inson ongi rivojining kafolati bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotlarga ko‘ra, fin o‘quvchilari sayyoraning eng yaxshi o‘quvchilaridan biri ekan. Qiziq jihati shundaki, finlyandiyalik o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan maktabda kamroq vaqt o‘tkazadi va kuniga eng ko‘pi bilan yarim soat dars qilishadi.
SHunday bo‘lsa-da, fin ta’lim tizimi dunyoning eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimi sifatida e’tirof etilmoqda.
Bepul ta’lim
Finlyandiyada ta’lim bepul. Maktabda tushlik, maktab uyushtiradigan ekskursiyalar va darsliklar ham mutlaqo bepul. Agar o‘quvchilar maktabdan 2 km uzoqda yashaydigan bo‘lsa, maktab avtobuslari ularni olib kelish va darslar tugagach, uylariga eltib qo‘yishni o‘z zimmasiga oladi. Barcha xarajatlar davlat tarafidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Davlat o‘z byudjetining 12,2 foizini ta’lim tizimiga sarflaydi.
Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
Fin maktablarida o‘quvchilar o‘z salohiyatidan kelib chiqqan holda murakkabligi turlicha bo‘lgan vazifalarni hal qiladi. Jismoniy va aqliy salohiyati turli bo‘lgan bolalar birgalikda ta’lim oladi va o‘ynaydi. Agar o‘quvchi o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelsa, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish uchun alohida o‘qituvchi tayinlanadi. Muhojir bolalar fin tilidan ham qo‘shimcha mashg‘ulot olib borishlari uchun barcha narsa muhayyo qilinadi.
Fin ta’lim tizimining yana bir jihati shundaki, o‘quvchi o‘zi foydali deb topgan fanni o‘rganishi mumkin. Agar dars o‘quvchiga qiziqarli bo‘lmasa, u kitob o‘qishi yoki bichish-tikish bilan shug‘ullanishi mumkin.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin