Sirtqi ta’lim Sirtqi ta’lim xususiy yoki davlat ta’lim shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufayli maktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallangan. Sirtqi ta’lim katta yoshlilar uchun uzluksiz ta’limning muhim shoxobchasi bo‘lib qolgan.
Ular o‘z ixtiyorlari bilan, o‘z mablag‘lariga yoki korxonalar mablag‘i hisobiga o‘qiydilar. Fransiyada sirtqi ta’lim 1 mln kishini qamrab olishi mumkin.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi, o‘qish yakunlangach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar. 1.Germaniya Federal yerlarida ta’lim tizimining umumiy va farqli jihatlarini ko‘rsating.
2.Germaniyada ta’lim tizimi bosqichlari haqida gapiring.
3.Germaniyada maktab tiplari: boshlang‘ich ta’lim, yo‘nalishli ta’lim, asosiy, real maktablar, gimnaziya, fan va klassik gimnaziyalarning farqini tushuntiring.
4.Germaniyada birlashgan (umumiy) maktab turlari: kooperativ va integratsiyalashgan maktablar haqida ma’lumot bering
5.Germaniyada maktab ta’limi qanday maktab tiplarga bo‘linadi?
6.Fransiyada ta`lim tizimi turlari.
7. Fransiyada maktabgacha ta`lim
8.Fransiyada ta`lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
9.Maktabgacha ta`lim va uning mazmuni.
10.O’rta va oliy ta`lim.
11.Sirtqi ta`lim va kadrlar bilan ta`minlanish.
13-mavzu. Fenlandiya ta’lim tizimi Reja: 1.Fenlandiya ta’lim tizimi haqida umumiy e’tibor