Ambivalentli yondashuv u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi; qiyosiy pedagogika muammolarini muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga xosligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi. Bu yondashuv shuningdek, ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi inqirozli hodisalarni tahlil qilishda ham qo‘llaniladi.
Kompleks yondashuvzamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash orqali turli ta‘lim tizimlarini u yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Insonparvar yondashuvta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini
aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli mamlakatlarda ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ta‘limni insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan ta‘lim va maorif arboblarini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu yondashuv turli ta‘lim tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatni, u yoki bu ta‘lim muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuvturli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni, dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni hisobga olish zarur.
Sizga turli mamlakatlarda ta'limni tahlil qilish va tavsiflash imkonini beradi, bunda tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sharoitlar, shakllanish jarayoni, rivojlanish dinamikasi hisobga olinadi. Ushbu yondashuvni amalga oshirishda ma'lum bir mamlakatda ta'limning rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilab bergan tarixiy voqealarni hisobga olish kerak.