Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


MODULLI-KREDIT TIZIMI MOHIYATI. BOLONYA DEKLARATSIYASI VA YEVROPA YAGONA TA’LIM MUHITI



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə32/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

2.2.MODULLI-KREDIT TIZIMI MOHIYATI. BOLONYA DEKLARATSIYASI VA YEVROPA YAGONA TA’LIM MUHITI.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining yuksak cho‘qqilariga erishdi. Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi shundayki fan texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur’atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan bo‘lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta’minlab bo‘lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan texnika va texnologiyaning taraqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi. Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo‘llanishining dolzarbligini belgilaydi. Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o‘quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi.
Modulli ta’limda kredit tizimi.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob qidirib, quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik:

  1. O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.

  2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish.

  3. Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

  4. O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Agar soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malalkalarni shakllantirishda mavjud reproduktiv ta’lim etarli bo‘lsa, mustaqail ta’lim olish ko‘nikmasini va ijodkorlikni rivojlantirish, o‘z faoliyatini boshqarish masalasini hal etishda modulli yondashuv katta imkoniyatlarga ega. Modulli ta’limning maqsadi talabaning aynan shu jihatlarini shakllantirishga qaratilgan. Modul shunday tuzilishi lozimki, talaba ushbu modulni mustaqil ravishda o‘zlashtira olish va ko‘zlangan natijaga erishish imkoniga ega bo‘lsin.
Bunday natijani ta’minlash uchun modulda axborot materiali aniq, lo‘nda, tushunarli, mantiqiy, tizimli bayon etilishi va ko‘rgazmali bo‘lishi, axborotning har birn mantiqiy bo‘lagi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish uchun topshiriqlar ishlab chilgan bo‘lishi, ana shu topshiriqlarni ishlab chiqish uchun aniq tavsiyalar berilgan bo‘lishi talab etiladi. Modulli ta’limda pedagog talabaning o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi.
Demak, modulli yondashuv yangi axborotni mustaqil o‘zlashtirish, talabaning mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, o‘zining va o‘rtoqlarining faoliyatini baholashga qaratilgan. Bunday yondashuv zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi.
Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan.
Kredit – (Zachet birligiga aylanuvchi Yevropa tizimi (ECTS) (European Credit Transfer and Accumulating System)) kredit jamlash tizimidir. Ushbu tizim Yevropa universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o‘tdi va qabul qilindi. U talabaning umumiy yuklamasiga asoslanadi. Kredit tizimini kiritishdan maqsad ta’limning shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun yagona kreditlarni o‘rnatilishi esa talabalarning mobilligini ta’minlashga yordam berdi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Talaba o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi. Dunyoning oliy ta’lim tizimida kredit tizimining bir necha turi mavjud.
Yuqorida aytib o‘tilgan ECTS bilan bir qatorda, USCS -Amerikaning kredit tizimi, CATS - Britaniyaning kredit tizimi, UCTS - Osiyo davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari mavjud.
Yevropa kredit tizimining asosini uch unsur tashkil etadi: o‘quv dasturlari haqida axborot, talabaning erishgan natijalari va talaba faoliyatining hajmi.
Har bir o‘quv yili 60 qismga bo‘linadi va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama 54 soatdan oshmasligi kerak, 54 soat 1,5 kreditga teng. O‘quv yilining davomiyligi Yevropada o‘rtacha 40 xafta. Ammo Yevropaning turli davlatlarida o‘quv yilining davomiyligi turlicha bo‘lishi ma’lum darajada muammolarni keltirib chiqaradi.
Kredit tizimi barcha o‘qitish shakllarini nazoratini o‘z ichiga oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari).
Kredit tizimi ta’lim jarayonida o‘qilgan soatlar miqdorini emas, balki erishilgan natijani ko‘rsatib beruvchi o‘lchov birligidir. Ya’ni mutaxassisni kompetentlik darajasiga baho beruvchi natijaga qaratilgan o‘lchov birligidir.
Demak, kredit nafaqat o‘quv faoliyatiga berilgan baho, balki, bajarilgan o‘quv yuklamasini ko‘rsatib turuvchi birlikdir. Bir kredit 36 akademik soatga teng (54 akademik soat 1,5 kreditni tashkil etadi). Har bir o‘quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo‘ljallanadi va, odatda, uning soni uchtadan oshmasligi lozim.
Kreditining o‘quv jarayonidagi o‘rni va u bilan bog‘langan unsurlar quyidagi sxemada ko‘rsatilgan.
Yevropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) talaba 180 kreditdan 240 kreditgacha to‘plashi mumkin.
Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig‘ish imkoniga ega. Kredit tizimining asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi.
Ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor Yevropada boshlangan edi. 1989 yilda Yevropaning minglab tinglovchilari Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ERASMUS dasturi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi tinglovchilar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan edi.
ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Yevropa universitetlaridagi o‘qitish natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – (bu) (European Credit Transfer System (ESTS) ni yaratish sinash va amaliyotga keng qo‘llash deb aytish lozim.
2001 yilda o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ESTS Yevropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo‘llanilgan edi.
2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasining imzolanishi Yevropa ta’lim hududini yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bolonya deklaratsiyasiga ko‘ra diplomlarning o‘zaro tan olinishi, ya’ni o‘qitish natijalarini yakuniy ko‘rsatkichlarning o‘zaro tan olinish muddati – 2010 yil deb belgilangan edi.
Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun quyidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:

  • Oliy o‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim:

  • ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;

  • o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.



Kredit” atamasi (ESTS- credit) – sinovdan o‘tdi, ma’lum bir
kursni o‘quv yurtida o‘tganligi haqidagi guvohnoma ma’nosini anglatadi.
Kredit – shartli sinov birligi bo‘lib, tinglovchining o‘quv fanining ma’lum bir qismini o‘tganligi haqidagi ma’lumot beradi. Har bir o‘quv faniga ma’lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni tinglovchilarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin