Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə35/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

6.Ta’limning samaradorligi guruhda individual o‘qitish auditoriya mashg‘ulotlari va tinglovchining mustaqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual o‘qitishga, shuningdek, umumiy o‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o‘quv fanlarining tinglovchilar tomonidan o‘z qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu bilan ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.

  • ESTS tamoyillari – shaxsning o‘z qobiliyatini to‘la rivojlanishi va ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi.

ESTSning xususiyatlari
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, oliy ta’lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari – ESTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


O‘quv rejasi bo‘yicha:
Barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi – majburiy va tinglovchi tanlovi asosidagi fanlar. Bu nisbatan taxminan 1:2 ga teng qabul qilinadi; Har bir tinglovchi shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘ladi.
Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) - unifikatsiyalashgan hujjat bo‘lib, yagona shaklda tuziladi, o‘qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkriptda, tinglovchining mazkur davlatda qabul qilingan baholash tizimida ham, xususiy tizimi bo‘yicha ham olgan baholari, olingan xususiyatli kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi:

  • Har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni 3...5ta bo‘lishi;

  • Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlaridan ko‘p bo‘lishi;

  • Kredit o‘zida tinglovchilarning o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. O‘quv fani uchun ajratiladigan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo‘ladi.

  • O‘quv fani dasturining mazmuni (syllabus) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘quv fanining to‘liq nomlanishi va uning o‘quv rejasidagi tartib raqami;

  • o‘quv fanini o‘rganish maqsadi;

  • o‘quv fanining qisqacha mazmuni;

  • taqvimiy reja, mashg‘ulotlar jadvali bilan;

  • o‘qitish texnologiyasi;

  • tinglovchining mas’uliyati va unga qo‘yilgan talablar;

  • tinglovchilar bilimini baholash tartibi va mezonlari;

  • asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘y xati.

  • O‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda:

Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi – e’tiborga olinadi.

  • O‘qitish jarayonining asosini:

  • shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari;

tinglovchining mustaqil ishida o‘qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;

  • tinglovchi o‘quv fanini va o‘qituvchini tanlash huquqiga ega.

    • Oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;

    • O‘quv rejasi;

    • O‘quv jarayonining grafigi;

    • O‘quv fanlarining mazmuni;

    • Oliy ta’lim muassasasida qabul qilingan ta’lim tizimining metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar:

    • tinglovchilar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;

    • ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga tegishli ma’lumotlar;

    • tarixiy va madaniy sohaga oid ma’lumotlar;

    • qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar

  • ESTS – oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishning demokratik tizimining namunasidir.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin