Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə29/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

  • o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;

  • o‘qitishni individuallashtirish;

  • o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit

yaratish;

  • o‘qitishni jadallashtirish;

  • fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.

Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak.
Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin:

  • muammoli muloqotlar;

  • evristik suhbatlar;

  • o‘quv o‘yinlar;

  • loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.

O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi:
-fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi;
-har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi;
-fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
-tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;
-tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin);
-axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Buning natijasida tinglovchi yetarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin