Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak.
Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin:
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi:
-fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi;
-har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi;
-fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
-tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;
-tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin);
-axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Buning natijasida tinglovchi yetarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.