AVSTRALIYA MAKTABLARINING TURLARI Davlat va xususiy maktablar farqlanadi. Xususiy maktablar aralash (qiz va o‘g‘il bolalar uchun ) va alohida o‘qitiladigan maktab (qizlar uchun va o‘g‘il bolalar uchun alohida) larga bo‘linadi. Bundan tashqari bu maktablar yotoqxonali, yotoqxonasiz va oilada yashaydigan turlarga bo‘linadi. CHet el o‘quvchilari o‘quv yili davomida oilada yashash huquqiga egalar. Ko‘pgina maktablar o‘z til markazlariga ega. U erda o‘quvchilar ingliz tilini o‘rganadilar. Davlat maktablarida ta’lim olish xususiy maktablardan 20-25 %ga arzon.
MAKTABGA QABUL QILISH TARTIBI: O‘qishga kirishdan oldin qabul qilinuvchilar ingliz tilidan test topshirishadi, bundan tashqari o‘z yurtida oxirgi 3 yil davomida olingan baholar inobatga olinadi, ayniqsa, matematika, geografiya, ingliz tili fanlariga e’tibor beriladi.
Ayrim hollarda suhbat telefon orqali yoki xat orqali olinadi. YAgona Davlat imtihoni natijalari Avstraliya maktablariga qabul qilinayotganda e’tiborga olinmaydi.
TIL MAKTABLARI Avstraliyada ingliz tilini o‘rganish chet el talabalari uchun ommaviy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ingliz tilini xususiy ingliz tili maktablarida yoki universitet, institut, kollejlarda tashkil qilingan til markazlarida o‘rganish mumkin.
Ularning hammasi ELICOS assotsiatsiyasiga birlashtirilgan va mamlakat ta’lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Avstraliya til markazlari ta’lim oluvchilarning turli toifalari uchun kurslarning keng qamrovli tanlovini taklif qiladi. Siz ulardan o‘z maqsadingizga va ingliz tilini bilish darajasiga qarab hoxlaganingizni tanlashingiz mumkin. Ta’limning davomiyligi 2 haftadan 1 o‘quv yili(40-52 hafta)gacha bo‘lgan vaqtni tashkil etishi mumkin.
BIZNES KOLLEJLAR Avstraliya biznes kollejlari – bu keng spekrtdagi mutaxassislarni professional darajada tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. Bu chet el talabalari uchun Avstraliyada yuqori sifatli ta’lim olishning yana bir usulidir. Asosan, xar bir kollej axborot texnologiyalari, marketing, menejment, biznes dasturlari bo‘yicha tuzilgan to‘plamlarni taklif qiladi. Bu fanlarga sayyohlik va mehmonxona menejmenti qo‘shiladi.
Avstraliya kollejlarining asosiy xususiyati shundan iboratki, ularning dasturlari biridan ikkinchisiga o‘tish imkoniyatini beradi. Masalan, 2-darajali sertifikat beruvchi dasturga kirishingiz mumkin, undan so‘ng 3-darajali sertifikat olishingiz mumkin, ta’limni davom ettirib diplom olishingiz mumkin. Keyingi darajalar bu oliy diplom va universitet bakalavr darajasiga o‘tish.
Universitet bakalavr dasturlari bilan solishtirganda kollejga kirish qator afzalliklarga ega:
-o‘quv guruhlari kam va o‘qituvchilar har bir talabaga alohida e’tibor beradilar;
-qabul qilish talablari bakalavr va magistrlikka qaraganda osonroq;
-ta’lim olish davomida siz ma’lum bosqichlardan o‘tasiz va navbatdagi sertifikatni olgach, o‘qishni tugatishingiz mumkin va qo‘lingizda ishlashingiz uchun xujjatingiz bo‘ladi. Agar siz universitetda bakalavr darajasida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, u erda siz o‘qishni tugatmaguncha yoki bakalavrlik darajasini egallamaguncha hech qanday xujjat ololmaysiz.
O‘qishni bitirgandan so‘ng ta’limni universitetda davom ettirishingiz mumkin.