Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


TALABALARNING YASHASHI VA JOYLASHISHI



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə69/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

TALABALARNING YASHASHI VA JOYLASHISHI.
Chet el talabalarining Avstraliyada yashashi uchun turli variantlar tanlash uchun taklif etiladi. Ko‘pincha talabalar yashash uchun Avstraliya oilalarini tanlashadi. Bu ingliz tilini o‘rganish, Avstraliya kundalik hayoti haqida bilish va mamlakat madaniyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini beradi. Oilada yashashni ichiga alohida jihozlangan xona va ovqatlanish kiradi. Odatda, oilalar chet el talabalariga o‘quv muassasalar tomonidan talabaning va oilaning qiziqishi va yo‘nalishiga qarab tanlab beradilar. Bunday yashash narx-navosi Avstraliyaning xududlari va yaratib beriladigan sharoitlariga qarab belgilanadi. O‘rtacha yashash narxi 170-230 Avstraliya dollarini tashkil qiladi.
Ko‘pgina o‘quv muassasalari turar joy taqdim etadi, ular o‘quv muassasalari hududida yoki yon atrofida joylashgan xonalarning maydoniga qarab narxlar belgilanadi. Ko‘pgina yotoqxonalarda umumiy oshxona, hammom, kir yuvish xonasi mavjud. Muassasa tashqarisida ham ijaraga uy olish mumkin. Uning narxlari uyning joylashgan xududiga qarab belgilanadi. Katta shaxarlarning uylarning narxi baland bo‘ladi. Ko‘pgina talabalar uylarni bir necha kishi bo‘lib ijaraga olingan uylarning narxi 1 haftaga 150 Avstraliya dollarini tashkil qiladi.
Shvetsariya ta’lim tizimi
Shvetsariya ta’limi dunyodagi eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Shvetsariya maktablari, kollejlari va oliy o’quv yurtlari tomonidan berilgan guvohnoma va diplomlar butun dunyoda tan olinadi hamda qadrlanadi. Shvetsariya ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar nufuzli va sifatli ta’lim olgan inson hisoblanadilar.
Ma’lumot o’rnida qiziq bir faktni aytib o’tish joiz. Qanchalik g’alati tuyulmasin, Shvetsariyada yagona ta’lim dasturi yo’q, ta’lim tizimi esa juda murakkab. Vaholanki, bu mamlakatda dunyoda eng aniq ishlaydigan soatlar ishlab chiqariladi, buning ustiga mamlakat Yevropaning qoq markazida joylashgan.
Buning sababi nimada? Javob Shvetsariyaning Federativ tuzilishida yashiringan. Mamlakat 26 hududiy – adminstrativ birliklar — kantonlarga bo’lingan. Har bir kantonning o’z ta’lim standarti, talablari va qoidalari mavjud. Bundan tashqari, mamlakatda tarixan qaror topgan uch til ham ta’limga o’zining sezilarli ta’sirini ko’rsatgan. Bu tillar – nemis, fransuz va italyan tillaridir. Undan tashqari yana bir rasmiy til – roman yoki retorman tili mavjud bo’lib, bu tilda aholining 1 %i gaplashadi. Mamlakatning bunday ma’muriy – hududiy bo’linishi Shvetsariya ta’lim tizimini parchalab tashlagan. Kantonlar va ularni tashkil etuvchi munitsipalitetlar ta’limga aloqador barcha masalalarda mustaqillikka ega. Faqat Federal miqyosda o’rnatilgan an’analar bundan mustasno.
Maktablar
Shvetsariyada maktablar ikki bosqichdan iborat. Mamlakatda faqatgina o’rta ta’limgina majburiy. Ularning ham ikki tipi mavjud: davlat (bepul) maktablarida aholining ko’pchilik qismi tahsil oladi. Ikkinchi tipdagi maktablar xususiy (pullik) bo’lib, unda ko’pincha chet elliklar ta’lim olishadi. Bundan tashqari Shvetsariyada pansion – xususiy maktablar ham bor, ular avvalgilarga qaraganda ancha nufuzli ta’lim beradilar.
Butun mamlakatda o’rta ta’lim ikki bosqichga bo’linadi:

  • Boshlang’ich maktab (7 yoshdan 13 yoshgacha o’qitiladi);

  • Kichik – o’rta maktab (14 yoshdan 16 yoshgacha).

Shvetsariyadagi boshlang’ich ta’limning aniq daturi bo’lmaganligi sababli bir kantondagi qoidalar ro’yxati boshqa kantonnikidan farq qiladi. Biroq barcha dasturlarda ona – tili, chet – tili va matematikani o’rganish ko’zda tutiladi.
Kichik - o’rta maktabda esa bu fanlar qatoriga italyan va ingliz tili ham qo’shiladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin