Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu: Germaniya, Fransiya davlatlarining ta’lim tizimi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə71/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

12-Mavzu: Germaniya, Fransiya davlatlarining ta’lim tizimi
Reja:
1.Germaniyada maktabgasha tarbiya va maktab ta`limi.
2.Germaniyada hunar-texnika ta`limi.
3.Germaniyada oliy ta`lim va xalq universitetlari.
4.Fransiyada ta`lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
5.Maktabgacha ta`lim va uning mazmuni.
6.O’rta va oliy ta`lim. Sirtqi ta`lim va kadrlar bilan ta`minlanish.


  • Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat bo‘lib, har biri shakliga ko‘ra turlicha bo‘lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo‘lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo‘lgan davlat ko‘rsatmalari mavjud.

Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) hukumatining konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy rahbarlik ham bor: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqadi, OO‘YUlarini kengaytirishga mablag‘ ajratadi.
GFR konstitutsiyasiga ko‘ra har bir Federal yer o‘z hududidagi maktab va oliy ta’limni rejalashtirish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha o‘zi javob berishga qaramay, barcha Federal yerlar va Federal hukumat umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik qiladilar. Federal organlar va Federal yerlarning ta’lim sohasi bo‘yicha siyosati kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o‘quv dasturi, imtixonlarni o‘zaro tan olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar shular jumlasidandir.
Federal hukumatning huquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:

  • birorta Federal yerlar davlat umumta’lim, kasbiy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun pul olmaydi;

  • barcha Federal yerlarda o‘quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o‘z hisobidan beradi;

  • deyarli barcha o‘quvchilarga darslik va o‘quv qo‘llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi;

  • ma’lum toifadagi o‘quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko‘ra davlat moddiy yordam ko‘rsatadi.

Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o‘quvchilar tahsil oladilar. Xususiy maktablar o‘quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan erkin bo‘lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o‘tkazilib turiladi.
Sekin asta differensiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o‘quvchiga uning qobiliyati va o‘qishdagi turlicha yo‘nalishiga ko‘ra moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda.
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:

  • Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo‘lib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari bo‘lib, bu erlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga ko‘ra ixtiyoriydir.

2.Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang‘ich maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. O‘qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi-bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat.
3.Ta’lim I ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) ―yo‘nalishli bosqichlari deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko‘ra o‘quv muassasalarining kerakli turiga yo‘naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. O‘quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi.
4.Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi. Muassasalarda kasbiy ta’lim ―dual tizim‖ deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu o‘qishni tugatish o‘rta ta’limni tugatish bilan teng bo‘lib, yakunida faqat kasbiy sohada o‘qishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil o‘qib, o‘quvchilar umumiy shahodatnoma ―etuklik attestati-abitur oladilar, bu ularga istagan oliy o‘quv yurtiga kirishga imkon beradi.

  1. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish o‘quv muassasalari.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin