Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo‘linadi:7



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə73/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo‘linadi:7

  1. Boshlang‘ich maktab (Grundschule)

  2. Yo‘nalish maktablari (Orientierungstufe)

  3. Asosiy maktab (Hauptschule)

  4. Real maktab (Realschule)

  5. Gimnaziya

  6. Umumiy maktab (Gesamtschule)

  7. Maxsus maktab (Sonderschule)

Boshlang‘ich maktab-ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Bu ta’lim bosqichining vazifasi-bolalarga ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi bilimlar asosini berishdir. Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktablarga o‘tadilar.
Germaniyada o‘rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va
gimnaziyalar.
Nemis o‘quvchilari boshlang‘ich maktabni bitirganlaridan so‘ng umumta’lim maktabining 2-pog‘onasiga boradilar. 5 va 6-sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat’iy nazar, avvalambor, bola kamol topadigan davr bo‘lib hisoblanadi, bolalarning keyingi o‘qish shakliga yo‘naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi.
GFRning ba’zi Federal yerlarida mavjud bo‘lgan yo‘nalishli bosqich (―Orientierungsstufe) ota-onalarga, o‘quvchi va o‘qituvchilarga II bosqichdagi maktabga o‘tishni hal qiluvchi ishonarli asosni berishga mo‘ljallangan. Yo‘naltiruvchi bosqich mustaqil o‘quv muassasasi yoki II bosqichdagi maktabning 1 qismi sifatida tashkil etilgan. Berlinda bu bosqich boshlang‘ich maktabning 5-6-sinf shaklida olib boriladi. GFRda o‘rta maktablar 4ta tipga bo‘linadi: gimnaziyalar, real maktablar, asosiy maktablar, umumlashgan maktablar.
Asosiy maktab. Asosiy yoki to‘liq xalq maktabi boshlang‘ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o‘quvchilar uchun majburiydir. Bu maktabda oxirgi majburiy sinf 9-sinf, ba’zi FElarda 10-sinf hisoblanadi. Ko‘pchilik FElarda o‘quvchilarga qo‘shimcha 10-sinfga erkin qatnash imkoni berilgan.
Asosiy maktabning maqsadi-o‘quvchilarni ikkinchi bosqich I doirasidagi ta’lim va kasbiy ta’limni davom ettirishga tayyorlash va umumta’lim kurslariga qatnashishdir. Asosiy maktablarda o‘quvchilarni ishchi kasbi olami bilan tanishtirish orqali kasb tanlashga yordamlashishga e’tibor qaratiladi. Asosiy maktabdagi o‘qituvchilar o‘zlari o‘qimagan sohalar bilan ham shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Masalan nemis va ingliz tili o‘qituvchilari texnikani ham o‘zlashtiradilar. Bunday kasbiy aralashuvning pedagogik vazifasi ham bor: sinf rahbari bolalar uchun ishonchli shaxsga aylanishi va o‘z tarbiyalanuvchilari bilan imkon boricha ko‘p vaqt birga bo‘lishidadir.
Asosiy maktab o‘qituvchilari o‘zlarini o‘qituvchi emas, ijtimoiy pedagog deb his qiladilar. Lekin asosiy maktabdagi o‘quvchilar yomon o‘zlashtirishiga qaramasdan ko‘pchiligi kasbiy ta’lim olishga muvaffaq bo‘lishadi.
Hozirgi kunda Ta’lim vazirligi asosiy maktabni isloh qilish zarurati xaqida fikr bildirmoqda. Bunda asosiy maktab o‘qituvchilari boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kabi ixtisoslikka ega bo‘lishlari kerak deyiladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin