Mashq metodi-quyidagi turlarga bo’linadi:
Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.
Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.
Muammoli o’qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari bo’yicha keng qo’llaniladi. Mashq metodi o’quvchilar o’zlashtirgan bilim hosil qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini o’rgatish maqsadida tashkil etiladi. O’quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:
og’zaki mashq;
yozma mashq;
grafik ishlar (metod);
amaliy ishlari.
Yozma ishlar: ona tili va adabiyot, matematika, shuningdek, tarix va geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. O’quvchilarning yozma mashqlari asosan ko’chirib olish, bayon, yozma ish qog’ozlari, matematikadan misol va masalalar yechish kabilardan iborat.
Grafik ishlar:yozma ishlar jumlasiga kirib, o’quvchilarning o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmagan, bilimlarni ongli va mustahkam esda saqlab qolishlariga hamda shu sohada ko’nikma, malakalar hosil qilishlariga yordam beradi. O’quvchilarning grafik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: rasm chizish (yoki asliga qarab chizish), geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo’lmagan kartalar chizish, chizma va sxemalar chizish, jadval, diagramma va grafiklar, plakat, albom, stendlar tayyorlash va boshqalar. Grafik ishlarni o’quvchilar bajarganda, o’qituvchilar kamchiliklarni o’z vaqtida ko’rsatishlari kerak.
Laboratoriya mashg’ulotlari metodi. Laboratoriya ishlari deb o’quvchilar tomonidan maktab sharoitida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (mikroskop, o’lchov asboblari, tajriba jihozlari va shuningdek kabilarda) bevosita o’rganishga aytiladi. Bu metod asosan V-IX sinflarda fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. Laboratoriya mashg’ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya, kabinet hamda tegishli apparat, mikroskop, lupa, kolba, o’lchov asboblari yordamida oddiy sinf xonalarida, maktablarning yer uchastkalarida olib boriladi. Laboratoriya mashg’ulotlari o’qituvchi tomonidan ilgari bayon qilingan materiallarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Yuqori sinflarda yangi bilimlarni berishda ham ishlatish mumkin. Laboratoriya darsi mashg’ulotlari ko’pincha 3 turda bo’ladi:
Kuzatish;
Laboratoriya mashg’ulotlari xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi: 1. Sinf o’quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar. 2. Sinf o’quvchisining alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg’ulotlari.