Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə173/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Savol va topshiriqlar:

  1. Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Mehnat tarbiyasining mazmuni haqida gapirib bering.

  3. SHarq mutafakkirlari yosh avlodning mehnat tarbiyasi, kasb-hunar egallashi haqida qanday qarashlarni ilgari surganlar?

  4. Mehnat tarbiyasida ta’lim va tarbiya birligining ahamiyatini qanday baholaysiz?

  5. Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so’zlab bering.

  6. Nafosat tarbiyasining vositalarini ko’rsating.

  7. Go’zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang.

  8. Sizga manzur bo’lgan she’rlardan namunalar aytib bering.

  9. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  10. «Jismoniy tarbiya – kashandalik va alkogolizmning dushmani» iborasining mazmunini izohlab bering.



NAZORAT UCHUN SAVQL VA TQPSHIRIQLAR
1. Tarbiya metodi, usuli va vositasi tushunchalariga ta’rif bering.
2. Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlami izohlang.
3. Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.
4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlarini misollar asosida tushuntiring.
5. Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlarini qo‘shimcha manbalardan o‘qib to‘ldiring.


7-Mavzu.Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari
REJA:

  1. Boshqarish haqida umumiy tushuncha.

  2. Boshqarish qoidalari

  3. Maktab ishini rejalashtirish

  4. Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari

  5. Yordamga muhtoj bolalar tavsifi( Eshitish nuqsonlari bor bolalar, ko‘zi ojiz bolalar,Ruhan sust rivojlangan bolalar.)

  6. O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim





Jamiyatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun u yuksak salohiyatga ega bo`lishi kerak. Shu sababli jamiyatimiz a`zolarining ongi, ma`naviy madaniyati, qanchalik yuqori bo`lsa, Respublikamizda qayta qurish ishlari Shunchalik muvaffaqiyat bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy xizmat ko`rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana Shundan kelib chikadi.
Jamiyatning ma`naviy hayotini boshqarish oldiga qo`yilgan maqsad esa ilm-ma`rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Har qanday miqiyosidagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma`lum darajada muxtojdir. Bu ibora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi o`zini-o`zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa - dirijyorga muxtojdir. Demak, to`g’ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchi - rahbarning bo`lishidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo`yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o`z-o`zini idora qilishga aylantirishdir.
Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholida maishiy-madaniy xizmat ko`rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inkilobi asarida ma`naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatning va uning har bir ayrim a`zosining ma`naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta`lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta`limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari, pedagogik qadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san`at, madaniyat, sog’likni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. Shunga ko`ra xalq ta`limi tizimini boshqarish, jumladan, umumiy ta`lim maktabini boshqarish ijtimoiy boshqaruvning ajralmas qismidir.
Boshqaruv taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko’zlagan holda demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. O’z-o’zidan ravshanki, bunday boshqaruv jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan harakat va jarayonlarda o’zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Quyidagi bosh vazifalarni ajratib ko’rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Pedagogik jarayonning samaradorligi maktab rahbarining boshqaruv vazifalarini sifatli bajarishlari, ularning faol va uyg’un hamkorligi bilan bab-barobar belgilanadi, ulardan bir-birining ahamiyatlarini pasaytirib yuborish muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish ilmiy boshqarish va rahbarlarning markaziy butunligini va asosini reja va har qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari hamda vazifalari va unga erishish vositalarini belgilab beradi. Rejaning axamiyati yana shundan iboratki, u pirovard natijada faqat nimaga erishish kerakligini emas, balki buni qanday uddalash, rejani bajarishning qanday rivodlanish kerakligini ko’rsatib bermasligi kerak. Rejalashtirishga faqat kelajak emas, balki o’tmish, o’tmishning tajribasi ham ta’sir qilar ekan.
Maktab ichki rejalashtirish masalalari ko’pgina pedagogik olimlarning ishlari bilan asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini qo’yilgan maqsadga erishish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir.
Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga amal qilmog’i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va vazifalari, ularning tuzilishi va mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil etish xususiyatlarini dialektik birligi va uzaro bog’liqligini rejalashtirishning boshka boshqaruv vazifalari bilan uzaro xarakatlarini nazarda tutadi.
Maktab rejalarining xilma-xilligini kupgina belgilariga ko’ra vaqt bo’yicha (besh yil o’quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga ko’ra (yozma, grafik detali) tuzilishi birligiga ko’ra maktabning ish rejasi, o’quvchilar tashkilotlari, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, metod birlashmalarining va ularning o’z-o’zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta’kidlar ekanmiz, biz maktab ishini o’quv yiliga rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga qarab chiqish bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin