Boshqarishning rejalik qoidasi Maktab ichidagi boshqaruv apparati faoliyatida muayyan tizimning bo`lishi muhimdir. Buning ma`nosi avvalo shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo`lmagan tadbirlar yig’indisidan iborat bo`lmay, balki konkret sharoitni, vaziyatning hususiyatlarini hamda butun pedagoglar jamoasi oldidida, shuningdek, uning ayrim zvenolari oldida turgan vazifalarning hususiyatini qat`iy sur`atda tartibga solingan, bir-biri bilan bog’langan va chuqur o`ylab ko`rilgan tadbirlar yig’indisidan iborat bo`lishi kerak.
Boshqarishning rejalilik qoidasi, xalq ta`limiga, jumladan, maktabga rahbarlik qilish va uni boshqarish sohasidagi rejalarni xukumatimizning maorif sohasidagi siyosatini va hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Rivojlantirishda ishning mohiyatini bilish, maqsadni maxorat bilan hal etishning asosiy bo`g’ini bo`lishi lozim. Shuningdek, xalq ta`limi organlarining, jumladan, maktabning ham rejasini aniq tadbirlar mavzusi asosida maqsadga qaratilganlik, aniq, muntazam va izchil ish olib borish kabi hususiyatlarga ega bo`lishi, shuningdek, unda u yoki bu tadbirni bajarish uchun javobgar shaxslarni aniq ko`rsatilgan bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Boshqarishning samaradorlik va tejamkorlik qoidasi. Mazkur qoida asosida boshqarish va rahbarlikning asosiy maqsadi hamda vazifasi xom-ashyo materiallari, mashina va stanoklar, qattiq va yumshoq inventarlar, o`qituvchilar, texnik xodim va ishchilar, moliya resurslari hamda vaqt byudjetidan to`g’ri va o`rinli foydalanishni ta`min etishdan iboratdir.
Vaqtni tejash qonunining mohiyati jamiyatdagi o`sib borayotgan ijtimoiy talablarni qondirish uchun ketadigan sarfni kamayib borishida va butun jamiyat va butun uning har bir a`zosining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo`lgan bush vaqtni ortib borishida ko`rinadi.
Vaqtni tejash va mehnat unumdorligini oshirish bobidagi mazkur qoida to`liq ma`noda maktabning ichki boshqaruv sistemasiga ham taalluqlidir. Maktab rahbarlari o`zlarining boshqarish ish sistemalarida o`qituvchi, tarbiyachi va o`quvchilarning vaqtini tejash masalasiga alohida e`tibor bilan qarashlari lozim.
Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda mazkur masalaga e`tiborni kuchaytirishning pedagogik ahamiyati juda ham kattadir.
Xalq ta’limi tizimi va maktabni boshqarishning eng muhim qoidasi-demokratiyalashtirishdir. Bu hakida xozirgi mustakillik davrida jamiyatni yanada demokratiyalashtirish muxim axamiyat kasb etmokda. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, xujalikni boshqarish tizimining eng asosiy sharti bulgan demokratik koidaning goyat makbul shakillarini izlab topishi bugungi muxim va dolzarb muammolardan biridir. Maktablarni boshqarishda, ayniksa, demokratik akida, konun koidalari nixoyatda muximdir.
Maktabdagi o’qitish jarayonida, maktab faoliyatini tartibi va konun koidalariga juda kup uzgarishlar kiritildi. Bu uzgarishlar xar bitta insonlarning dunyo karashi va bilim doiralarini kengayish sababidir. Avvalo o’quvchilar bilim olishlari uchun juda xam keng sharoitlar yaratilgan. Chukurlashtirilgan gimnaziyalar, muzeylar o’quvchilarning bilim doiralarini chukurlashtirishga keng yul ochib bermokda. Chukurlashtirish - bu avvalo uz ustida ishlash, izlanish degani demakdir.
Ana shunday gimnaziya va liseylar uchun esa kobiliyatli, bilimli o’quvchilarni saralab, ularni kelajaklariga poudevor yasashga keng yul kuyildi. Albatta, bu poydevorni bilimdon mutaxassis ukituvchilar tayyorlaydi. Endi ana shunday ukituvchilarni saralab ular ichidan eng bilimdonlarini tanlab olish payti yetib keldi. Bu esa ukituvchi va bulajak pedagoglarni uz ustida tinmay ishlashini talab etadi. Chunki, bunday kobiliyati bilimdon ukituvchilarga talab va extiyoj juda katta buladi.
Mutsaqil O’zbekiston jaxonga yuz tutdi. Shu sababali undagi yashovchilar insonlarning bilimlari jixatidan kengayib bormokda. Xozirgi zamonamizdagi o’quvchilar ana shundaylardandir. Xayot kanchalik oldinga borgan sari ular xam shunchalik kup narsa bilib olmokdalar va buni ustozlaridan talab etmokdalar. Bu esa o’quvchilarni, ustozlarini dars utish jarayonini analiz kilib boradi, ularning dars utishi yokmasa, oshkora bilimdon usullarini talab qilishlari mumkin.
Dars o’tishda avvalom bor bulgan an’anaviy reja buyicha dars utish bekor kilindi. Chunki, ukituvchi sinfga kiradi, utilgan darslarni takrorlaydi. Yangi mavzu utadi, ana shunday tartibda xar doimgi darslar takrorlanadi. Noan’anaviy dars utish usuli xar bir maktabga kirib bormokda. Mavzuni bolalar ongiga yetkazish, o’quvchini uzini maxoratiga boglik. Maxoratli ukituvchilarimizdagi uslubiyotilarini o’qitish ulardani ilgor tajribalarni almashtirish o’kuv jarayonini kengayishiga va mustaxkamlashiga keng yo’l ochib beradi. Maktablarda maktab rahbarlarini saylash oshkora ovozga kuyish orkali fikr muloxazalar, takliflar kiritish orkali amalga oshirilmokda.
O’rta, oliy bilim yurtlariga qolaversa, maktbaga qabul qilish va o’qitish sharoitlariga test sinovlari kiritildi.Bu esa avvalgi imtixon va sinovlardan ancha a’lorok va mukammalrokdir. Yukorida aytib utganimizdek, maktab direktorlarini saylash xukuki ukituvchilarga beriladi. Maktabda usib o’qitish, bitirayotgan o’quvchilarni yutuk va kamchiliklari maktab jamoasiga tegishli va axamiyatlidir.
Avvalo maktablarda boshlangich sinflarda turli tipdagi sinflar tashkil etib, ularni sinflar orkali saralab, iktidorli sinflarga aylantirilmokda. Ota-onalarimiz xam xozirgi kunda farzandlarimiz istiklol kelajagini yanada mustaxkamlash uchun farzandlariga pullik kurslarga talab extiyojlari ortmokda. Ularni bu intilishlarini maktab jamoasi e’tiborga berishga xarakat kilmokdalar.
Iktidorli o’quvchilarni kelajagini porlok qilish uchun turli xil musobaka, olimpiadalarga katnashishlarini ta’minlab, ularning yutuklari uchun bor bilim va tajribalarini ishga solmokdalar, Ilgor ukiutvchilarni xar xil unvonlarga tavsiya etish, oshkoralik tarzida maktabga mexnati singan, ilgor, tajribalari katta, keng ommalashtirilgan ukituvchilar tavsiya etilmokda.
Ukuv jarayonida yangi zamonaviy fanlar kiritilmokda. Fan va texnikaning rivojlanish tarakkiyotiga keng yul ochib berish uchun maktab ukuv jadvalga kompyuter texnikani urganuvchi fanlar kiritildi.
Odobnoma fanlari esa o’quvchilarni milliy urf odatlarimiz. odob axlokimiz, tarbiyani mustaxkamlash uchun odobnoma fanlari kiritildi.
Avlod-ajdodlarimiz asarlarini, ularning tarixini o’qitish uchun eski yozuv fani xam dars katorlaridan urin oldi.
Uzbekistonda yuksak cho’qqiga erishishi, boshqa mamlakatlar bilan mustaxkam aloka urnatishi uchun, boshlangich sinflarga ingliz tili fanlari utkazilmokda.Xammamizga ma’lumki 2000 yilda jamiyatimiz lotin yozuvi asosida yangidan tiklanadi. Shuning uchun bolalarni lotin yozuvchiga asoslangan alifbo yordamida o’qitish juda keng ommalashtirildi.