Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə187/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi anomal bolalarga bag‘ishlangan. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ham ta’lim olish huquqiga ega. Ularni maxsus muassasalarga tashxis etishda 1998 yilda o‘z faoliyatini boshlagan «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari» faoliyati nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tashxis etilgan bolalar rivojlanishidagi nuqsoniga ko‘ra ta’lim olish qurbiga ega bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi muassasalarda o‘qiydi, tarbiyalanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nogironlik berib, ularni o‘z qaromog‘iga tegishli muassasalarda muruvvat uylarida tarbiyalanishni va mehnat qilishni ta’minlaydi.
Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi anomal bolalarning barcha toifalari uchun; maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muassasalar, maxsus maktablar, maktab-internat va maxsus sinflarda differensial ta’lim tashkil etilgan. Sog‘lom tengdoshlari orasida o‘qishni istagan bolalarga tegishli shart-sharoitlar yaratilishi mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim amalga oshirilmoqda.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maktabdagi o’qitish jarayoniga hozirda qanday o’zgarishlar kiritildi.
2. Maktabdagi ichki rejalashtirish masalalarining moxiyati nimadan iborat
3. Yosh avlodni xar tomonlama yetuk, aklli, bilimli bulib yetishishi uchun qanday ishlarni oshirish kerak.
4. Korreksion pedagogika fanining qanday tarmoqlari bor?
8-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha, VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


Reja:



  1. “Avesto” eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik sifatida

  2. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalar

  3. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.

  4. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari.

  5. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy –tarbiyaviy qarashlari.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin