Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə194/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyo siy o’zgarishlar yagona islom dining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi.
Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi.
Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi.
X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan.
Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi.
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:

3-7.chizma

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin