Sharqning mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta’limning ta’siri tug’risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi xisoblanadi.
Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga nisbatan maxsus segregasion ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqiyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik g’oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e’tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning o’z oilasidan uzoqda bo’lishga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z- o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus extiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kura maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda.
Inklyuziv ta’lim madaniyati! “Salamanka deklarasiyasiga muvofiq xar bir o’quvchining tafovut, xususiyatlarini qo’llab quvvatlovchi va ma’qullovchi isloxot sifatida qarashadi. Uning maqsadlari, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregassiyaga yo’l qo’ymaslik. Biroq bu konsepsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo’lib chiqdi. Dunyo bo’yicha maktablarda inklyuzivga ko’pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o’zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi” (Judi Kugelmas)
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun \ mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integrasiyalashgan» atamalari ko’pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Biroq qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida “inklyuziv” yoki “integrasion” ta’lim atamalari bilan ataladi. “Integrasiya” atamasini aniqlash maqsadida ushbu tushunchaning ta’rifini bergan G.M.Kajdasparovning “Pedagogicheskiy slovar” lug’atiga murojaat qilamiz. Unda “guruxlar integrasiyasiga”, “guruxda shaxslar aro munosabatlarni tartibga solish” sifatida qaraladi shuningdek, jamoada faqatgina insonparvrlik munosabatlarni va mazkur guruxda ijobiy jamoatchilik fikrini yaratilishi bilan integrasiyani amalga tadbiq etish mumkin deb ta’kidlanadi. Keyingi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarni barcha tengdoshlari katori umumta’lim tizimida ta’lim olishiga jiddiy etibor berilmokda va inklyuziv ta’lim matbuot axborot vositalari orkali ommaga keng targibot kilinmokda. Bu borada ota-onalar xam farzandlarini umumta’lim tizimidagi integrasiyalashgan va inklyuziv gurux va sinflarda ta’lim - tarbiya olishiga uz istaklarini bildirishmokda.
Integrasiyalashgan ta’lim bu, -diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib \ ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud: