Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/76
tarix05.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi «Ijtimoiy ish» sohasi bakalavr talabalarda ijtimoiy ish asoslari, uning tushunchasi, paydo bo’lish tarixi va metodlari, qonuniyatlari hamda asosiy tamoyillarini rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlar bilan takomillashtirishdan iborat.
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fani o’qitilishi davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fan sifatida rivojlanishi bo’yicha chet el hamda mahalliy tajribani o’zlashtirish; inklyuziv ta’liming insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko’rsatish texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o’rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy dastur va o’quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o’rganish; ijtimoiy ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish.
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
- Talabalar “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” faniga doir zarur nazariy bilimlarga, malaka va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi, inklyuziv ta’lim nazariyasining fan sifatida paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, mazkur sohaga doir zamonaviy fanlarning samarali yondashuvlarini joriy qilishni;
- ijtimoiy ish fanining nazariy jihatdan shakllanishi, fanga doir bo’lgan mahalliy va xorijiy tamoyillar haqida egallangan nazariy bilimni amaliy jihatdan kasbiy faoliyatda qo’llashni;
- ijtimoiy faoliyatni tashkil qilishda ilmiy ijodiy va uslubiy jihatlarni bilishni, tadqiqot o’tkazish metodlarini amaliyotga tadbiq etish haqida tasavvurga ega bo’lishni;
- amaliy tavsiyalar, hisobotlar tuzishni hamda amaliyotda ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qo’llashni;
- zamonaviy axborot va boshqa texnologiyalarni amaliy jihatdan qo’llashni;
- nazariyada egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olishi va tahlil qilishni;
- muassasalarda ijtimoiy ish faoliyatini tashkillashtirishni;
-o’quv-tarbiyaviy, ilmiy-tekshirish ishlarining olib borilishi jarayonlarida kerakli zamonaviy vositalardan foydalana bilish tajribasi hamda malakalariga ega bo’lishi zarur.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin