Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash:o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Inklyuziv ta`lim nazariyasi” fanini o’qitish jarayonida interfaol metodlari, kompyutyer tyexnologiyasi pedagogik texnologiyalardan, “Power Point” dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyutyer yordamida bajariladi. “Internyet” tarmog’idagi ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
“Inklyuziv ta`lim nazariyasi” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: