Islandiya Majburiy ta’lim to’g’risidagi qonunga binoan (1995y.) maxsus ta’limga muhtoj maktabgacha yoshdagi va maktab o’quvchilari maxsus yordam olish huquqiga ega. Maxsu ta’lim o’qish maqsadlari, dastur mazmuni va o’qitish uslublarini o’z ichiga oladi. “Maktablarga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi” nizom (1996y.) o’zini-o’zi boshqarishning mahalliy organlari zimmasiga maxsus pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning xizmatlari bilan birga shahar umumta’lim maktablariga zarur yordam ko’rsatishni ta’minlashni yukladi. Yordam ko’rsatish deganda, maktab o’qituvchilariga o’quv dasturlari va asosiy fanlarni o’qitish savollari bo’yicha maslahat berish, o’quvchilarga psixologik maslahat berish nazarda tutiladi. Asosiy e’tibor o’qituvchi va o’quv bo’limi mudiriga ularning kundalik ishlarida, shu jumladan maxsus ta’limga muhtoj integrasiyalashgan o’quvchilar bilan ishlashda yordam ko’rsatish hamda maktab hayoti faoliyatini yaxshilash bo’yicha o’qituvchilarning tashabbuslariga qaratiladi. Maktabga tashqaridan jalb qilinadigan mutaxassislar tomonidan
yordamlashish o’quv yurtining integrasiyalashgan ta’lim muammolarini mustaqil yechishni o’rganishi lozim bo’lgan shtatli xodimlarining kasbga oid bilimlarini oshirishdir. Ota-onalarga maslahat berish – maktabdan tashqari mutaxassislar xizmatlari qatoriga kiradi. Ko’pchilik umumta’lim maktablarida maxsus ta’limni tashkil etish uchun javobgar o’quv bo’limi mudiri mavjud. Integrasiyalashgan o’quvchilar muhtoj bo’lgan mutaxassislarni taklif etish uning vakolatiga kiradi. Maktab ma’muriyatining bu vakili maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilarga muayyan darajada ko’maklashadigan shaxslarning ishini muvofiqlashtiradi. U maktabda mavjud turli uslublar va resurslardan optimal tarzda foydalanish uchun mas’uldir. Undan tashqari, u maxsus mashg’ulotlar o’tkazishi, fan o’qituvchilari bilan birgalikda ta’limning individual dasturlarini yaratishi mumkin. Undan tashqari, umumta’lim maktablari maxsus maktablardan ham yordam olishi mumkin.
Ispaniya Alvaro Marchesi Uyastresning tahlili asosida Ispaniyadagi inkyuziv ta’lim xususida quyidagi ma’lumotlar olindi:Ispaniyahukumati tomonidan 1985 yilda rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarni ta’lim sohasida integrasiya qilishni nazarda tutadigan loyihani ma’lum qildi. Loyiha 8 yillik muddatga mo’ljallanib, unda ikkita maqsad ko’zlanadi:
1). Maxsus muassasalarda ta’lim olayotgan bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun imkoniyat yaratish;
2). Sog’lom va maxsus ehtiyojli bolalarni sifatli ta’lim \ tarbiya olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ispaniya ta’lim vazirligi loyihani bajarish maqsadida ixtiyoriy integrasiya dasturining joriy etilishi haqida qaror qabul qildi. Loyihada ishtirok etish istagida maktab va vazirlik o’rtasida o’zaro kelishuv shartnomasi tuzildi.
Loyiha boshlanishi bilan (1985-86 yillar) Ispaniyaning 300 ga yaqin maktablari har yili integrasiya dasturida ixtiyoriy qatnashish istagida talabnoma berdilar. 1990 yilda Ispaniya parlamenti tomonidan ta’lim tizimi to’g’risidagi yangi umumiy qonun qabul qilindi. Qonunda umumiy ta’lim tizimida barcha o’quvchilar uchun yuqori sifatli ta’lim olishlari kafolatlandi. 1994 yilning boshida Ispaniyada boshlang’ich maktablar 40%ida inkyuziv ta’lim tizimi joriy qilindi.