Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə63/76
tarix05.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135743
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Darsning borishi

  1. Bolalar diqqatini darsga jalb etish; (bunda albatta aqli zaif bolani ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim);

  2. O’tilgan mavzuni takrorlash;

-bolalardan o’tilgan mavzuni so’rash (Mavzu: Gap bo’laklari);
-o’qituvchi 3-4ta o’quvchini sinf doskasiga chiqarib mavzuga oid qoidalarni va uyga berilgan mashqni yozishni topshiradi.
-qolgan bolalarga esa daftarlariga beshtadan gap yozib, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratishni topshiradi.
-bolalar bu vazifalarni bajargunlaricha o’qituvchi aqli zaif bola bilan ishlaydi. O’qituvchi uning uyga berilgan vazifani qanchalik darajada bajarganini tekshiradi va unga bir qancha predmetlarninig rasmini berib, ularning nomini yozib chiqishi lozimligini aytadi; (u vazifani bajargunga qadar, o’qituvchi boshqa bolalarga yangi mavzuni tushuntiradi)
3. Yangi mavzu bayoni
- bolalar diqqatini yangi mavzuga qaratish maqsadida sinf taxtasiga yangi mavzuni yozib qo’yish ,Bosh bo’laklar";
-yangi mavzuni tushuntirish uchun o’qituvchi o’zi tayyorlab kelgan ko’rgazmali qurolda matn yozib kelgan bo’lishi kerak. TAXMINIY MATN: Yamin duradgorlik to’garagiga satnaydi. To’garakda bolalar yogochdan turli buyumlar yasashni o’rganadilar. Yaminkursicha, xontaxta yasashni biladi..."
4. Matn yuzasidan savollar berish
O’qituvchi:
Matnda kim haqida hikoya qilinyapti?
O’quvchilar: Yamin haqida.
-Demak, gapning kim yoki nima haqida aytilayotganini bildirgan bo’lak ega deb ataladi. Matnga e’tibor bering, matndagi birinchi gapda Yamin haqida nima deyilyapti?-Duradgorlik to’garagiga qatnaydi. Demak, gapning egasi haqida nima ekanligini bildirgan bo’lak kesim deyiladi. Ega va kesim gapning bosh bo’laklaridir. Eganing tagiga bir chiziq, kesimnig tagiga ikki chiziq chizamiz. (O’qituvchi birinchi gapni tahlil qilib bergach, qolgan gaplarni daftarda mustaqil tahlil qilishlari lozimligini bildiradi.)

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin