Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə13/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

KIRISH


Ijtimoiy xizmat – aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi professional faoliyat turi bo‘lib, jamoaviy va individual muhtojlikni aks ettiruvchi muammolarni hal qilishga sotsiologik va psixologik tamoyillarni amaliy tadbiq etishni taqozo etadi, shuningdek, Ijtimoiy xizmat ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aholining alohida guruh va qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning Aniq mexanizmisiz, aholi ijtimoiy himoyasining maxsus va jamoaviy tuzilmasisiz demokratik jamiyat faqat virtual holda mavjud bo‘lishi lozim.
Fan dasturining maqsadi: talabalar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlariga sotsial hizmat ko‘rsatishning nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirish fanning asosiy maqsadidir.
Fan dasturining vazifalari: Ijtimoiy xizmat instituti shakllanishi tarixi, uning nazariy va metodologik asoslari, aholiga ijtimoiy yordam tashkil etishning vatan va xorij tajribalari bilan tanishish.
Fanning tutgan o‘rni: «Sotsial xizmat» fanini o‘zlashtirish bo‘lajak sotsiologlarni ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish metodologiyasi va aholiga Aniq ijtimoiy yordamning optimatik shakllari va usullarini tanlay olish malakasiga ega bo‘ladilar.
Fanning sohalararo bog‘liqligi. Ijtimoiy xizmat tizimi doimo ochiq tizimni anglatadi va boshqa sotsial tizimlar bilan: iqtisodiyot, siyosat, huquqshunoslik, madaniyat, etika va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan holda funksiyasini bajaradi. SHuning uchun Ijtimoiy xizmat fanining predmeti boshqa ijtimoiy va ba’zi tabiiy fanlar bilan bog‘liqlikdadir. Sotsiologiya va Ijtimoiy xizmat fanlarining bugungi bog‘liqligi shu bilan shartlanganki, sotsiologiya nafaqat butun jamiyatni o‘rganadi, balki ijtimoiy munosabatlarning sotsial jihatlarini tadqiq etishini taqozo etadi.
Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar.
Talaba bilishi lozim:

  • Ijtimoiy xizmat zamonaviy dunyo fenomeni sifatida ekanini;

  • Jamiyat taraqqiyotining sotsial xizmatning roli haqida;

  • Sotsial xizmatning mohiyati, tamoyillari, usullari, shakl va darajalarini;

  • Ijtimoiy xizmat rivojlanishining zamonaviy tendensiya va istiqbollari;

  • Sotsial xizmatning sotsiologik asoslari haqida;

  • Sotsial xizmatning asosiy tushuncha va kategoriyalarini.

Tushunchaga ega bo‘lishi lozim.

  • Ijtimoiy muammolarni echishning xalqaro tajribasini;

  • O‘zbekistonda sotsial xizmatning tarixiy modellari haqida;

  • Sotsial xizmatning xalqaro huquqiy me’yorlari va tamoyillari;

  • Xayriyaning hayot tarzi sifatida funksiyalarini;

  • Bajarishning sotsial mexanizmlari haqida;

  • Ijtimoiy muammolarni tahlil qilishda sotsial xizmatning nazariy xolatlari haqida.

Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari:

  • SHaxsni sotsiologik tahlil qilish;

  • Ijtimoiy xizmat usullaridan foydalanish;

  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ijtimoiy himoyani tashkil etish;

  • Empirik sotsiologik tadqiqot o‘tkazish;

  • Ekspertiza o‘tkazish, ilmiy-texnik va ommaviy adabiyotlardan foydalanish;

  • Turli nizoli vaziyatlarni hal qilishda vositachilik qila olish.


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin